Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
Bog'liq
Majmua

6.2. Faollashtirishga 
qaratilgan 
texnologiyalardan 
foydalanishga 
qo‘yilgan talablar. Informatika fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilar o‘quv-
biluv faoliyatlarini faollashtirish texnologiyalarini tahlil qilish natijasida bu 
texnologiyalardan foylalanishda quyidagi talablar mavjudligini hisobga olish lozim 
deb topdik: 
➢ o‘quvchilarda motivatsiyali faoliyatni shakllantirish: 
➢ o‘quvchilarning bilish faoliyatini shakllantirish, individual qobiliyatlarini 
rivojlantirib borish; 
➢ guruhdagi har bir o‘quvchining faol ta’lim jarayoniga ishtirokini 
ta’minlash; 
➢ berilgan mustaqil ishlarni bajarishda o‘quvchilar faolligini ta’minlashga 
erishish va h.k. 
6.3 Informatika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
texnologiyalari. Informatikani fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanishda ta’lim oluvchilar o‘qituvchidan kam bo‘lmagan 
faollikka ega bo‘lib, o‘quv dasturini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning shaxsiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Pedagog o‘z faoliyati davomida 


47 
inson shaxsining bir butunligi, individualligi, takrorlanmasligini hisobga olish 
bilan birga, o‘quvchi shaxsining hissiy, emotsional, estetik, ma’naviy, ijodiy 
imkoniyatlarini ham hisobga olishi lozim bo‘ladi [37]. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi o‘quvchi shaxsning 
faolligiga erishish va quyidagi vazifalarni to‘liq bajara olishi uchun shart-sharoit 
yaratishdir: 
➢ tanlash (mavjudlardan eng maqbulini) qobiliyati shakllantirish; 
➢ o‘quvchining o‘z hayoti, faoliyati, qobiliyatini baholashga o‘rgatish; 
➢ o‘quvchini o‘z hayot mazmunini qidirish, ijodkorlik (-Men kimman? - 
qo‘limdan nima keladi? -Kelajakda kim bo‘laman? -Qanday yashayman? va 
hokazo savollarga javob bera olish)ga o‘rgatish; 
➢ o‘quvchi shaxsining avtonomligi: o‘zini tuta bilishi, o‘z taqdirini o‘zi 
belgilashi, xatti-harakat, his-tuyg‘ulariga javobgarligi, o‘zining ongli qaror qabul 
qilishiga erishish. 
Informatika fanlarini o‘qitish jarayonida o‘qituvchi “axborot manbai”, 
“axborot yetkazuvchi”, “nazoratchi”, tashxislovchi bo‘lishi bilan birga 
“....o‘quvchining mustaqil bajarishiga yordamchi” bo‘lishi lozim. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi barcha o‘quvchilarning 
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish, tarbiyalash va 
rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
✓ o‘quvchilarning fiziologik, psixologik, yosh xususiyatlarini hisobga olish; 
✓ o‘quv ehtiyojlari, o‘quvchilarga yetkaziladigan materiallarinig qiyinlik 
darajasini har xil bo‘lishiga erishish; 
✓ o‘quvchilarni guruhlarga ajratishda bilim va qobiliyatini hisobga olish; 
✓ bir xil, bir-biriga yaqin bilimli, xususiyatli o‘quvchilar guruhini 
shakllantirish; 
✓ guruhdagi har bir o‘quvchiga individual, o‘ziga xos munosabatni 
shakllantirishga erishish va h.k. 
Pedagog tomonidan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish vositalariga 
quyidagilar kiradi: 


48 
➢ o‘quvchining subyektga xos xususiyatlari(mustaqillik, individuallik, 
qiziquvchanlik va h.k.)ni ochish, o‘qitishning turli usul va vositalaridan 
foydalanish; 
➢ o‘quvchini baholashda oxirgi natijani hisobga olib (to‘g‘ri yoki yoki 
noto‘g‘ri) emas, topshiriqni bajarishdagi urinishlari, harakatlarini ham hisobga 
olish; 
➢ didaktik materiallarni tayyorlash va tanlashda o‘quvchilar uchun eng 
qulaylarini tanlashga erishish; 
➢ o‘quvchilarning o‘rganganlarini turli usullar(og‘zaki, amaliy bajarib, 
chizma, slaydlar ko‘rinishida, ma’ruza, referat, loyihalar shaklida va h.k.)dan 
foydalanib bayon etishlariga imkon yaratish
➢ darsda pedagogik vaziyatni yaratish, topshiriqni bajarishda har bir 
o‘quvchining mustaqilligi, tashabbuskorligi, zukkoligini namoyon etishga undash; 
➢ o‘quvchilarning tabiiy ravishda o‘z fikrlarini samimiy ifoda etishga 
erishish va h.k. 
Professor Y.V. Bondarskaya fikricha, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni 
tashkil etishda quyidagi talablarni hisobga olish lozim: dialoglilik, ijodiy faollik
individual rivojlanishni qo‘llab quvvatlash, unga yo‘naltirish, shaxsiy qarorlar 
qabul qilishda erkinlikni yaratish, mazmunni tanlash va bayon etishda erkinlik, 
ijodiy yondashuvga e’tibor qaratish va h.k/[38]. 
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim 
texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
➢ hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi; 
➢ O‘yinli texnologiyalar; 
➢ Muammoli ta’lim texnologiyasi;
➢ SH.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi;
➢ dasturlashtirilgan o‘qitish; 
➢ modulli ta’lim texnologiyasi;
➢ o‘zini-o‘zi rivojlantirish texnologiyasi (Celevko G.K) [81]. 


49 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling