Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Bog'liq
Majmua

Muammoli ta’lim texnologiyasi. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik 
tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, 


50 
ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat 
qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi. 
Muammoli ta’lim turlari (M.N.Skatkin): 
1. Bilimlarni muammoli bayon qilish (muammoli ma’ruza). 
2. Muammoli topshiriqlarni hal qilish (muammoli amaliy mashg‘ulot). 
3. Kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish (muammoli tajriba). 
Muammoli vaziyat – talabalarning ma’lum topshiriqlarni bajarish (masalani 
yechish, savolga javob topish) jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan 
bog‘liq ruhiy holati bo‘lib, u hal etilayotgan masala bilan bog‘liq yangi bilimlarni 
izlashni taqozo etadi. 
Muammoli vaziyatlarni hal qilish bosqichlari: 
1. Muammoli vaziyatni yaratish. 
2. Vaziyatni tahlil qilish asosida muammoni qo‘yish. 
3. Farazlarni ilgari surish. 
4. Yechimni tekshirish. 
SH.A.Amonashvilining 
inson-shaxs 
texnologiyasi 
[9]. 
Shalva 
Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchi bo‘lib, u 
o‘zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, 
til va matematika o‘qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq 
etdi. Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
1) bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob 
insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon yaratish
2) bolaning qalbi va yuragini ulug‘lash orqali boladagi bilishga bo‘lgan 
kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish; 
3) keng va chuqur bilim, hamda malaka olish uchun sharoit yaratish va ideal 
tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalashga erishish. 
SH.A.Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun 
insonparvarlik, shaxsiy yondashuv, muloqot mahorati, oila pedagogikasining 
qo‘shimcha imkoniyati kabi metodika va metodik usullardan foydalandi. 


51 
SH.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida 
ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o‘ta cheklangan bo‘lib, miqdoriy 
baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u beradi, ya’ni tavsif, natijalar portfeli, 
o‘z-o‘zini baholash kabilar. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling