Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi – o‘quv jarayonida talabalarning
jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro
rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil
etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini
jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish
sanaladi. Shuningdek, bu texnologiyaning asosiy g‘oyasi – biror – bir topshiriqni
birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o‘qish, o‘rganish, hisoblanadi.
Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o‘z
muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb bilishga, topshiriqlarni hamguruhlari
bilan puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam
uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug‘ullanishiga zamin
tayyorlab, o‘z safdoshlarini hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da’vat etishga
o‘rgatadi.
O‘yinli ta’lim texnologiyasi. O‘yin inson faoliyatining bir turi bo‘lib, ta’lim
jarayonini turli vaziyatlarda obyekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali
ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi. O‘yinning kompyuterli,
sport, iqtisodiy, harbiy, ishbilarmonlik tadbirkorlik kabi turlarga ajratilib bevosita
ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. Informatika fanlarini o‘qitishda o‘yinli
ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga misol qilib biz, kompyuterning asosiy va
qo‘shicha qurilmalari mavzusini tushuntirish jarayonida turli toifa(versiya)dagi
kompyuterlarni ichki qurilmalarini terib joylashtirishni kichik guruhlarda o‘yinli
tashkil etish, turli qiyinlikdagi masalalarni yechish dasturini tuzishni “Tezkor
operator”, “Kim chaqqon dasturchi?”, “Kim tezkor dasturchi” kabi mavzularda
guruhli o‘yinlarni tashkil etish, o‘rganilayotgan dastur menyulari nomini
o‘quvchilarga bo‘lib berib, o‘quvchilar tomonidan menyular nomiga mos
vazifalarni bajarilishini o‘yinli ijro etish va boshqa shakllarda ham tashkil
etishimiz mumkin, bu informatika o‘qituvchisining ijodkorligiga va o‘z ustida
ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |