Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126
Bog'liq
Majmua

16.  Kritik fikrlash – g‘oyalarni va ularning ahamiyatini ko‘pfikrlilik asosida 
ko‘rib chiqish hamda ularni boshqa g‘oyalar bilan taqqoslash bo‘lib, 
fikrlashning eng yuqori darajasidagi aqliy faoliyat. U uch bosqichda rivojlanib 
boradi: da’vat, anglash, mulohaza. 
Da’vat- yangi o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha mavjud ma’-lumotlarni 
aniqlash, ta’lim oluvchini faollashtirish, aniq maqsadga yo‘naltirish, qiziqish 
uyg‘otish. 
Anglash– mustaqil o‘zlashtirish, tushunchalar ketma- ketligini fikran kuzatib 
borish. 
Mulohaza- bilimni umumlashtirish va mustahkamlash, o‘quv maqsadiga 
erishish, bilimni quyi darajasidan yuqoriroq darajasiga o‘tkazish, yangi g‘oya 
va tushunchalarni og‘zaki va yozma ifodalash, munozara va dialogda ishtirok 
etish. 
Kubik – ko‘rilayotgan masalani turli tomondan, izma-iz, osondan qiyinga tomon 
yo‘nalishda tasavvur etish imkoniya-tini beruvchi usul. 
Kubikning har bir tomoni uchun mavzu bo‘yicha topshiriq berilib, 40-60 
sekund vaqt ajratiladi. 
Masalan: 1) Bu nima? Uning rangi, o‘lchamlari, shaklini tasavvur qiling va 
yozma ta’riflang. 
2) Taqqoslang: u nimaga o‘xshaydi va nimadan farq qiladi?
3) Assotsiatsiya: ta’surotingizni izohlang? U sizni nima to‘g‘risida o‘ylashga 
majbur qiladi? 
4) Tahlil qiling: u nimadan va qanday yasalgan? Qanday qismlardan tuzilgan va 
nimalardan tashkil topgan? 
5) Qo‘llang: bu nimaga yaraydi? Uni qayerda qo‘llash mumkin? 
6) “ҳа” ва “йўқ” ларни асосланг, унга ишончли далил ва асословчи 
фикрларни айтинг. 
17.  Кейс стади – педагогик ўйин тавсифидаги таълим усули бўлиб, у ўзида 
интеллектуал юксалиш ва назорат малакаси-ни мужассамлаштиради. Унда 
иштирокчиларга ҳақиқий ҳаётий вазият бўйича фикр юритиш таклиф 
қилиниб, муам-мони ечиш жараёнида ўқув материали ҳам ифодаланади. 
Кейсларни ҳал қилиш алгоритми : 
1. Топшириқни бериш (дарснинг технологик моделини
аниқлаш) 
2. Ўқитувчининг кириш сўзи (асосий саволларнинг
қўйилиши) 


175 
3. 4-6 кишидан иборат микрогуруҳлар тузиш. 
4. Микрогуруҳлар фаолиятини ташкил қилиш. 
5. Микрогуруҳлардаги жавоблар билан танишишни ташкил қилиш. 
6. Микрогуруҳлараро мунозара (полилог) ташкил қилиш. 
7. Ўқитувчининг вазият ечими тўғрисидаги
умумлаштирувчи сўзи. 
8. Талабаларнинг эксперт томонидан баҳоланиши. 
9. Таълим олувчиларнинг машғулот ҳақидаги фикрлари. 
10. Ўқитувчининг машғулот бўйича якунловчи сўзи. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling