Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
Bog'liq
Majmua

shaklini aniqlash-nazariy, amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’limni qanday qilib 
tashkil etish, vositani aniqlashtirish-nimalar yordamida darsni tashkil etish, 
erishilgan natijani aniqlash-qaysi usulda (test, og‘zaki so‘rov, yozma ish
loyihalar tuzish va h.k.) foydalanib baholashni tashkil etish kabi faoliyatlarni 
amalga oshiradi. 
Bizga ma’lumki, hozirgi vaqtda darsning aniq maqsadlari uch turga bo‘linib, 
ular ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni o‘zida mujassamlantiradi 
[4, 5]. 
Ta’limning maqsadi innovatsion metodik funksiyani bajaradi, agarda: 
✓ maqsadning qo‘yilishida innovatsiyalar mavjud va unga muvaffaqiyatli 
erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi va ota-onalar 
uchun ham shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlansa; 
✓ maqsadni qo‘yish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi so‘zlardan 
o‘rinli foydalanish. Masalan, “... bajara olish”, “... bilib olish”, “...qo‘llash”, 
“..innovatsion bilimga ega bo‘lish”, “... innovatsion xususiyatlarni ifodalay olish” 
kabi so‘z tuzilishlaridan foydalanish, maqsadni asosi sifatida o‘zlashtiriladigan 
tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan 
foydalanilsa; 
✓ maqsadning qo‘yilishi davlat ta’lim standartlari talabini ifoda etsa. YA’ni 
o‘qituvchining metodik mahorati davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib
maqsad aniq, puxta, pishiq ifodalangan, qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida 
o‘quvchining yangi qirralarini namoyon etib, innovatsiya darajasiga ko‘tarilishiga 
erishilsa. An’anaviy metodikada ko‘p hollarda metodistlar ham, o‘qituvchilar ham 
maqsadning aniq qo‘yilishi va unga erishishga emas, balki materiallarning hajmiga 


37 
e’tibor qaratadilar, zamonaviy ta’limda asosiy e’tibor maqsadni qo‘yish va unga 
erishishda innovatsiyalardan foydalanishni lozimligini ko‘rsatmoqda; 
✓ maqsadni qo‘yishda uni tashxislashning ta’minlanganligiga e’tibor 
qaratilgan bo‘lsa. Tashxislash (baholash) ta’lim maqsadiga muvaffaqiyatli erishish 
mexanizmini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad ham, kutiladigan 
natija ham ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi qismlardan tashkil topib, shaxsga 
ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bir butun jarayon sifatida 
qaraladi. 
✓ maqsadni qo‘yishda qat’iy ketma-ketlikka amal qilingan bo‘lsa. 
Informatika ta’limining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan fanning Davlat ta’lim standarti (DTS)da 
mavzular shaklida ko‘rsatiladi [4].
5.2-rasm. Informatika ta’limining mazuni 
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim saviyasi
o‘zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab innovatsion 
ta’lim metodlari qo‘llaniladi. 
Keyingi vaqtlarda ta’lim mazmuni tubdan o‘zgardi, bunga sabab axborot 
texnologiyalari sohasida ikkita yo‘nalishda o‘zgarishlar bo‘ldi. Birinchisi-bu 
Internet va telekommunikatsiyaning tez rivojlanishi, dunyoning ixtiyoriy 
joyidagi fan o‘zgarishlarini, yangiliklarini tezda bilib olish, bilimlarni 
ko‘paytirish imkoniyati va ayni vaqtda dasturiy ta’minotlar, PDV, axborot 
resurslarning internetdan olish, web texnologiya, mobil texnologiya, bulutli 
texnologiyalar va internet interfeysining o‘zlashtirilishining osonlashganligi 
bo‘lsa, ikkinchidan-katta hamdagi (yuzlab gigabaytlarda) axborot tashuvchi 
qurilmalarning CD-ROM (Compact Disk Read Only Memory) kompakt 
disklari va tashqi xotira qurilmasi (fleshka) ishlab chiqilib amaliyotda 
foydalanilayotganligi. Ular yordamida ixtiyoriy gipermatnli, multimediali
Ta’limning 
mazmuni 
DTS 
O‘quv reja, 
o‘quv dasturi 
Darslik, o‘quv qo‘llanma, 
uslubiy qo‘llanma va boshqa 
elektron adabiyotlar 


38 
PDVni olib yurish, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish mumkinligi, 
hamda AKT doimiy ravishda rivojlanib, ta’lim tizimida har bir ish joyi 
avtomatlashtirilib, 
axborot 
kommunikatsiya 
vositalaridan 
foydalanilayotganligidir. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling