42
Boshqaruvchanlik faoliyati didaktik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib u:
dars va darsdan tashqari faoliyatning modelini
tuzishda, darsni loyihasini tuzishda
maqsadni va vaqtni to‘g‘ri belgilashda,
darsni loyihalashtirishda, texnologik
xaritalarni tuzishda, tugallangan dars jarayonini tahlil etishda,
nazoratlash va
baholash vositalari (test,kompyuterli test, o‘z-o‘zini baholash va h.k.)dan o‘rinli
foydalanishda, dars natijalarini tashxislash jarayonlarida o‘z aksini topadi [2].
Informatika o‘qituvchisi bunday faoliyatlarni amalga oshirishda o‘qitishning
innovatsion metodlari,
internet, web texnologiyalari,
bulutli texnologiyalar va
mobil texnologiyalaridan ham foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
Muammoli va mantiqiy nazorat savollari.
1. Informatika fani maqsadi qayerda o‘z ifodasini topadi?
2. Informatikani o‘qitishda ta’limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi maqsadlarning bir-biridan farqi nimada?
3. Informatika fanini mazmuni qayerdan olinadi va nima uchun unda
innovatsiya kerak bo‘ladi?
4. Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturining farqlarini tushuntirib
bering!
Do'stlaringiz bilan baham: