Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Informatika fanlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
Bog'liq
Majmua

5.2. Informatika fanlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga 
qaratilgan innovatsiyalar. Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy 
vazifasi o‘quvchilarni Vatanimizni sevadigan, o‘z bilimi va iste’dodiga 
suyanadigan hamda zamonaviy AKTdan foydalangan holda mustaqil ravishda 
puxta bilim oladigan, O‘zbekistonning qudratli davlat bo‘lishiga o‘z hissasini 
qo‘shadigan, har tomonlama barkamol, sog‘lom qilib tarbiyalashdan iborat. 
Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, informatika 
fanlari o‘qitilishining uzviyligi va uzluksizligi ham ana shu tamoyilga asoslanadi. 
Mamlakatimizda informatika fanlarining ta’lim turlari uzluksiz bo‘lib, u 
maktabgacha ta’lim,umumiy o‘rta ta’lim,o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy 
ta’lim,oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlash va maktabdan tashqari ta’lim. 
Bizga ma’lumki, uzluksiz ta’lim jarayoni o‘quvchini biror bir kasb-hunarga 
qiziqishini oshirish, shakllantirib boradi informatika fanlarining uzviyligi va 
uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsiyalarni yoritishni bo‘lajak 
informatika o‘qituvchisini tayyorlash misolida ko‘rib o‘tamiz [3]. 
Maktabgacha ta’limda informatika fani elementlari bu turli-tuman o‘yinli 
dasturlar bo‘lib, bu yoshdagi bolalarga maxsus o‘yinli dasturlar orqali alifbo 
harflarini, ranglarni, matematik shakllarni o‘rgatish, turli rasmlarni chizish
fikrlashni rivojlantirish uchun qismlarni to‘ldiruvchi mashqlar bajartirish va 
hokazo amallar o‘rgatiladi. Bunda o‘rgatuvchi dasturlar, pedagogik dasturiy 
vositalar va trenajyorlardan foydalaniladi. 
Maktabdagi o‘quv jarayonida o‘quvchini kasb egasi bo‘lishiga qiziqishini 
orttirishga erishish uchun: 


39 
➢ informatika fani o‘qituvchisi kundalik darsni qiziqarli, innovatsion 
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishi, fan sirlarini 
yetkaza bilishi, informatikani bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida kirib 
borayotganligini jonli misollar bilan tushuntirib, o‘quvchining qalbiga singdira 
olishi; 
➢ fan o‘qituvchisi informatika fanini metapredmetli yondashuv asosida aniq 
fanlar ayniqsa, fizika va matematika, kimyo, musiqa, chet tili va boshqa fanlar 
bilan uzviy bog‘liqligini tushuntirib borishi, darsda va darsdan tashqari 
to‘garaklarda, “Zakovat” bellashuvlarida o‘quvchilar ongida informatikaga oid 
bilimlarni chuqur singdirib borishi; 
➢ informatika darsini pedagogik va axborot texnologiyalaridan, interfaol 
metodlardan foydalangan holda tashkil etib, o‘quvchilarning motivatsiyasini 
oshishiga, mustaqil fikr yuritishi, kichik–kichik dasturlarni tuzib natija olishi, 
kompyuterda berilgan topshiriqlarni natijasini ko‘rib turishi, mustaqil qaror qabul 
qilishi, ijodiy faoliyatni yuzaga keltirishga erishishi va h.k.
➢ maktabdagi ta’lim asosan fanni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu davrda 
o‘quvchilarning yoshi kasb tanlashning boshlang‘ich davrida bo‘ladi. Ana shu 
davrda o‘quvchilarni o‘zi qiziqqan kasbiga yoki kasbning kelajakda qanchalik 
muhim o‘rin egallashini yetarli darajada tushunib yetishiga qiynalishlar bo‘ladi. 
Shuning uchun informatika fani o‘qituvchisi o‘quvchining qiziqishlarini, fanni 
o‘zlashtirish darajasini hisobga olib, o‘quvchiga turli motivatsiyalar bilan ta’sir 
etishi lozim. Masalan, “Sizdan juda yaxshi informatika o‘qituvchisi chiqadi”, “Siz 
talabchan o‘qituvchi bo‘la olasiz”, “O‘qituvchi bo‘lishingiz uchun juda yaxshi 
qobiliyatlaringiz bor” va h.k.
➢ O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari yosh jihatdan maktab 
o‘quvchilardan ancha ulg‘aygan bo‘lib, kasb-hunar, uni amalga oshirish haqida 
maktab yoshidagilardan kengroq fikrlaydigan, tushunadigan bo‘ladilar. Shunday 
bo‘lsada, bu yoshda ham ta’lim-tarbiya yosh xususiyatidan kelib chiqib davom 
ettiriladi.


40 
➢ pedagogika yo‘nalishidagi kollejlarda o‘quvchilar pedagog kasbini 
egallashiga e’tibor qaratilib, bunday kollejlarda ta’lim olganlarda o‘qituvchilik 
kasbini egallashga bo‘lgan moyillik boshqa yo‘nalishdagilarga qaraganda ko‘proq 
namoyon bo‘ladi. Kasb-hunar kolleji (akademik litsey)larda ham informatika fani 
o‘qituvchilari o‘z o‘quvchilarini aynan informatika o‘qituvchisi bo‘lishi uchun 
e’tiborli bo‘lishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu davrda maktabdagi ta’sirlar 
bilan birga, o‘quvchilarning o‘qituvchilakka bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga ijobiy 
ta’sir etuvchi omillarga: 
➢ informatika o‘qituvchisi o‘z kasbini sevib, fan sirlarni tushunarli
qiziqarli, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yetkazib 
bera olishlari; 
➢ o‘quvchilarda informatika va axborot texnologiyalarining jamiyatdagi
o‘rni beqiyosligini, bu kasb egalari kelajakda o‘z ish o‘rinlari va mavqelariga ega 
bo‘la olishlari mumkinligini singdira olishi; 
➢ dars va darsdan tashqari tadbirlarda kichik mutaxassislarni pedagogik 
faoliyat, uning ijobiy tomonlarini yoritib bera olishga erishishlari va h.k. 
➢ o‘quvchi maktab davrida, kasb-hunar kolleji (akademik litsey) davridagi 
qiziqishlari, olingan bilimlari asosida oliy ta’limning informatika o‘qituvchisi 
tayyorlanadigan yo‘nalishlarida o‘qishga hujjat topshiradilar va talabalikkka 
muyassar bo‘ladilar. Endi ulardagi mutaxasislikni egallashdagi qiziqishlar ongli,
mulohazali, dunyoqarashning kengayishi hisobidan amalga oshadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling