Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/88
Sana30.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1405861
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Bog'liq
Tilshunoslik MAJMUA 2022

 
 
 
 
6- mavzu. Yozuv
Reja: 
1. Yozuv taraqqiyotining asosiy bosqichlari. 
2. Yozuv paydo bo‘lishining sabablari. 
3. Alfavit. Grafika. 
3. Orfografiya va uning asosiy tamoyillari: fonetik, morfologik, an‘anaviy. 
4. Yozuvning maxsus turlari. 
Tayanch so‟z iboralar 
Yozuv, piktografiya, ideografik yozuv, logografik yozuv, ieroglifik yozuv, 
fonografik yozuv, transkripsiya, stenografiya, logogramma, piktogramma, mixsimon 
yozuv, arfografiya.
Ilg‘or pedogogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari inter faol metodlardan dars 
jarayonida keng foydalaniladi. Jumladan ―Bilaman. Bilishni hohlayman. Bilib oldim‖ 
metodi talabalarda muayyan mavzular bo‘yicha bilimlar darajasini baholay olish 
imkonini beradi. Bunda talabalar bilan guruhli va ommaviy ishlash mumkin
Bilaman 
Bilishni hohlayman 
Bilib oldim 


56 
U uch bosqichda amalga oshiriladi, ya‘ni: 
1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha 
tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 
2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan 
ehtiyojlari o‘rganiladi. 
3. O‘quvchilar mavzuga oid ma‘lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. 
―Zig-zag‖ metodi(ham yuqoridagidek) 
1. O‘quvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 
2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. 
Shuningdek ―Zakovatli zukko‖, ―Qarama-qarshi munosabat‖, 
―Vediotopishmoq‖, ―Yumaloqlangan qor uyumi‖, ―Qora quti‖, ―Beshinchisi 
(oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha‖, ―Klaster‖ kabi metodlar tavsiya etiladi. 
1.Til dastlabki qarashda barqaror, o‘zgarmas fonetik, leksik va grammatik tizimni 
tashkil etadi. Masalan bizga fikr almashish quroli bo‘lib xizmat qilayotgan o‘zbek tili, 
bobolarimizga ham, ota-onalarimizga ham birday xizmat qilib kelgan. Bobo va nabira 
o‘zaro gaplashayotganlarida na birinchi va na keying avlod til nuqtai nazaridan hech 
qiyinchilik sezmaydi. Ular doimo bir-birini tushunishadi. Lekin shu bilan birga, til 
qotib qolgan narsa emas. Tilga chuqurroq yondoshilsa, bunga ishonch hosil qilinadi. 
Til har qachon o‘zgaruvchan hodisadir. Tildagi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar shunday 
sekinlik bilan bo‘ladiki, buni bir avlodning yashash davrida ajratib olish va uni qayd 
qilish odatda amri maholdir. Uch-to‘rt avloddan keyin esa, tilning leksik, grammatik 
qatlamlardigi siljishlar ko‘zga tashlana boshlaydi. Bunday siljishlarni biz bir narsa 
tufayli, u ham bo‘lsa, yozuv orqali bilib olishimiz mumkin (gap yozuv paydo 
bo‘lganidan so‘nggi davr haqida boradi). Agar yozuv bo‘lmasa, til evolyutsiyasi 
to‘grisida bizda hech qanday tasavvur bo‘lmasligi mumkin edi. Faqat yozuv borligi 
uchungina, biz tilning taraqqiyotini (tarixiy) kuzatish sharafiga muyassar bo‘lamiz. Bu 
rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o‘rganib, uni hozirgi davrdagi til 
bilan qiyoslaymiz. 
O‘qish va yozish hozirgi vaqtda odat tusiga kirib qoldiki, go‘yo ular bir umr til 
bilan bogliq bulgandek ko‘rinadi. Aslida yozuvning paydo bo‘lganiga ko‘p vaqt 
bo‘lgani yo‘q.( Amerika qit‗asi maxalliy axolisining ko‘pchilik tillarini unga misol 
tariqasida kursatish mumkin. Yaqin-yaqinlarda xam Rossiyada yashovchi kam sonli 
millatlarn o‘z yozuvi yo‘q edi. Ularning yozuviga asrimizning 20-30 yillarla asos 
solindi. 
Yozuvning paydo bo‘lishi juda katta axamiyatga ega bo‘ldi, u madaniyat va 
tilning taraqqiyotiga ijobiy xissa qo‘shdi. Yozuv voqea va xodisalarni abadiylashtirish 
xamda voqea va xodissalarni uzoq, masofaga yetkazish imkonini berdi. 
Yozuvning kelib chiqishi va taraqiyoti jamiyag taraqqiyoti bilan, uning 
madaniyatini yuqori saviyaga kutarish, shuningdek. siyosiy-xuquqiy, estetik va shu 


57 
kabi fikrlarni qayd qilish xamda keyingi davrlarda qoldirishga bulgan extiyoji eng 
buyuk madaniy kashfiyotlar dan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining xar tomonlama 
taraqqdiyotda juda katta roli va o‘ziga xos axamiyati bor. 
P.Yozuv taraqqiyoti quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: piktografik, 
idiografik va fonografik. 
Piktografik, yozuv. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, har qanday yozuvning 
asosida musavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish xamma 
xalqlarga xosdir. Shuning uchun xozirgi zamon yozuvi bulmagan paytda odamlar 
ba‗zi xodisa va voqealarni uzoq, masofaga yetkazish niyatida yoki zamonda 
abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yuli bilan amalga 
oshirgan. Bunday yozuv piktogrfik yozuv deb nom olgan. Bu atama ikki so‘zdan 
iborat bulib, birinchi yarmi ,lotincha pictus (chizilgan) va ikkinchi yarmi grekcha 
qvapno (yozaman) degan ma‗nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklari 
piktogrammalar deb ataladi. AQSH ning taniqli olimi L.Blumfild bu yozuvga misol 
tariqasida quyidagilarni keltiradi: Mandan qabilasining bir a‗zosi savdogarga ikki bir-
birini kesib utgan chiziq va bu kesimlarning bir tomoniga bir miltiq bilan kunduz va 
uning o‘ttizta parallel chiziqlarini, ikkinchi tomonida esa, suvsar, suvlar va qutosining 
surati chizilgan maktubni yuborgan. Bu xatning ma‗nosi quyidagicha bulgan: «Men 
suvsar va qutos muynalarni bir miltiq va o‘ttizta kunduzning terisiga almashtirishga 
roziman» 
Yozuvning bu turi mukammal bo‘lmay, u birinchidan, rasmlar orasidagi 
munosabatlarni, ularning tartibini ko‘rsata olmaydi va buning natijasida bir maktubni 
bir necha xil uqishga, talqin qilishga yo‘l qo‘yadi, ikkinchidan mavhum 
tushunchalarni aks ettirish imkoni yo‘q darajasidadir. 
Ideografik yozuv. Tushunchalar mavhum tafakkurning rivojlanishi natijasida 
piktografik (grekcha idea tushuncha va grapho yozaman degan so‘zlardan tashkil 
topgan) yozuv paydo bo‘ldi. 
Ba‗zi olimlar yozuvning bu turini logografik (grekcha 1ogos csp df grapho
yozaman degan suzlardan tashkil topgan) yozuv deb atashadi, chunki bundai yozuvda 
undagi simvollar faqat bizni o‘rab turgan muxitdagi narsalarni aks ettirmagan tildagi 
so‘zlarni ham aks ettiradi. Tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. 'Ideografik 
yozuvning piktografik yozuvdan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmeti aks 
ettiradi, logogramma esa so‘zning ma‘nosini izohlaydi. Demak. logogramma bevosita 
predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma‗nosini aks ettiruvchi shartli belgidir. 
Qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izoxlashgan. 
Xitoyliklar esa, «yaxshi» so‘zini ayol bilan bola simvoli orqali ko‘rsatishgan. 
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan afzalligi quyidagi hollarda kurish 
mumkin. 


58 
1. Logografik (ideografik) yozuv xabar qilinishi lozim bo‘lgan matnni 
ancha mufassal aks ettira oladi; 
2. iktografik yozuvda so‘z tartibi, so‘z formalari noaniq. bo‘lsa,ideografik 
yozuvda bu masalalar umuman xal qilingan. 
3. Piktografik yozuv sub‗ektivlikka, ixtiyoriylikka yul quysa,ideografik 
yozuv barqaror logogrammadan tashkil topgan. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling