Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish to‘g‘risida»
- «Mustaqillik Deklaratsiyasi»
- «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida»
- «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan
Prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan
yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi. 1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 – sessiyasi SSSR doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy hujjatni — «O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi va O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston — SSSR respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat O‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bo‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy h- ayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi. Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX asrning 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil bahorida Sovet Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbo‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4 mayda), Estoniya (8 may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. Bu holat SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O‘zbekiston, Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi. 1991 yilga kelib O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991 yil 15 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi. O‘zbekistonning o‘z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyo’lida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling