Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma»
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun
- 1991-yil 31-avgustda
Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma»ni imzolash 1991 yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR
Prezidenti M.S. Gorbachev Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Biroq ittifoqning kompartiya va markaziy davlat apparatidagi bir necha nufuzli rahbarlar markazning yakka hokimligini cheklaydigan va kamida olti respublikani Ittifoqdan chetda qoldiradigan bu shartnomaga qo‘shila olmadi. Bu rahbarlar oliy hokimiyat mahkamalaridagi asosiy lavozimlarni egallab turar edi. Prezident M. Gorbachev dam olishga ketganidan foydalanib, ular 1991 yil 18 avgust kuni tayyorlangan va 19 avgustda matbuotda e’lon qilingan «Sovet rahbariyatining Bayonoti»da M.S. Gorbachevning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse – prezident G.I. Yanayevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S. Gorbachyov sog‘ – salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar noqonuniy ravishda uni o‘z vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP) tuzildi. 1991 yil 18 avgustda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yelsin boshchilik qildi. Uning farmoni bilan 1991 yil 22 avgustda KPSS faoliyati to‘xtatiladi, keyinchalik taqiqlab qo‘yiladi. Ammo KPSS Markaziy Qo‘mitasi joylardagi partiya qo‘mitalaridan to‘ntarishni qo‘llab – quvvatlashni talab qildi. 99 Moskva va boshqa bir necha yirik shahar ko‘chalariga qo‘shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli barcha markaziy gazetalar ta’qiqlab qo‘yildi, markaziy televideniyaning birinchi kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostansiyalar ishi to‘xtatildi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining ko‘pchiligi Favqulodda holat davlat qo‘mitasidan yuz o‘girdi, armiya payt poylash pozitsiyasida turdi. 20 avgustdayoq qarshilik markaziga aylangan RSFSR Oliy Kengashi binosi atrofida barrikadalar paydo bo‘ldi, ularda o‘n minglab kishilar himoyada turdi. Harbiy bo‘linmalarning bir qismi mudofaachilar tarafiga o‘tdi. 21 avgustda fitnachilar mag‘lubiyatga uchradi, 22 avgustda esa Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP) a’zolari qamoqqa olindi. Shundan so‘ng to‘ntarishni qo‘llab – quvvatlagan KPSS rahbariyati bu partiyaning obro‘sini uzil – kesil yerga urdi. Favqulodda holat davlat qo‘mitasining mag‘lubiyatidan so‘ng mamlakatda kommunizmga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. KPSSning faoliyati to‘xtatib qo‘yilgach, partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi bu qarorga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chaga chiqmadi. Bu, mazkur partiya 1991 yil yozidagi qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi. Moskvada fojiali hodisalar ro‘y bergan paytda O‘zbekiston birinchiprezidenti I.A. Karimov rasmiy safar bilan Hindistonda edi. U 1991 yil 19 avgustda safardan qaytib keldi va shu kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati Markazdan beriladigan qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni bajarishni man etdi. 20 avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. 1991 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston birinchiprezidenti I. Karimovning Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Konstitusiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi. Islom Karimov Favqulodda holat Davlat Qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr – qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab – quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I. Karimov bundan buyon KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. O‘zbekiston birinchi Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin 100 qo`ydi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yolidagi barcha to‘siglar olib tashlanishi, har bir respublika so`zda emas, balki amalda tenglar orasida teng lozim edi. Ayni shu maqsadlarni ko`zlab, O’zbekistonOliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o`z ishini boshladi. O`zbekistonning mustaqil davlat Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling