Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


referendumini o‘tkazish to‘g‘risida»


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

referendumini o‘tkazish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi: 
1. 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi 
to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkazilsin. 


103 
2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritilsin: «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligini ma’qullaysizmi?» 
Referendumga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish 
maqsadida Markaziy saylov komissiyasi, 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalari 
tuzildi. 1991 yil 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9 million 898 ming 707 kishi yoki 
saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi. Ularning 98,2 % referendumda qo‘yilgan 
savolni ma’qullab ovoz berdi. Demak, O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq 
tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. Shuni ta’kidlash lozimki, referendum butun respublika 
hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi 
bilan o‘tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan 
mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
O‘zbekiston mustalilikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va 
samarali tizimi – Prezidentlik respublika boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabridagi VIII sessiyasida 
umumhalq referendumini o‘tkazish qarori bilan birga «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi to‘g‘risida»gi Qonuni, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 
tayinlash to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilib, 13 ta 
okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy lavozimga ikki nomzod – 
O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va 
«Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
1991 yil 29 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz 
yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 
474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
1991 yil 30 dekabrda Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini 
ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35 – 
moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Shunday qilib, mamlakatimizda birinchi 
marta yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan to‘g‘ridan – to‘g‘ri umumiy va alternativ 
asosdagi saylovda I.A. Karimov 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti 
etib saylandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo‘lgan navbatdan
tashqari IX sessiyasida birinchi prezident Islom Karimov qasamyod qildi. 
1995 yil 26 martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasi 
bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 mln. 245 028 kishi yoki ovoz berish 
huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 99,3 % ishtirok etdi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling