Respublikasining Konstitusiyasini qabul qilish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida» va
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi
Qonunlarni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 6 bo‘lim,26 bob 128 moddadan iborat. U
«Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la
mujassamlashtirdi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini o‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib
beravchi quyidagi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur:
O‘zbekiston Konstitusiyasining birinchi tamoyili — davlat suverenitetidir. 1 – 6 —
moddalarda O‘zbekiston - suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat
qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitusiyada davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir
ma’noni anglatadi, deb belgilab qo‘yilgan.
Ikkinchi Konstitusiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir. 7 – 14 — moddalarda xalq
davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning
fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga
oshiradi, deb ko‘rsatilgan.
Uchinchi Konstitusiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir.
O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
To‘rtinchi Konstitusiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitusiyada
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik –
huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |