Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Davlat boshqaruvida sudlarning roli


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Davlat boshqaruvida sudlarning roli. Har bir davlatda boʼlganikabi Oʼzbekistonda ham 
odil sudlov organlari tizimi maʼmuriy-hududiytuzilmalarda tashkil etilgan hamda sudlar 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiysohalarini rivojlantirish jarayonida korxona va tashkilot, 
davlatorganlari va fuqarolar oʼrtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelibchiqadigan 
masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida koʼribchiqadi. 
Oʼzbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
107-moddasida 
“Oʼzbekiston 
Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadiganOʼzbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi, OʼzbekistonRespublikasi Oliy sudi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy 
Xoʼjalik sudi,Qoraqalpogʼiston Respublikasining Oliy sudi, QoraqalpogʼistonRespublikasining 
xoʼjalik sudi bilan shu muddatga tayinlanadigan viloyatsudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, 
shahar va xoʼjalik sudlaridan iborat”,deb belgilangan. 2000 yil 14 dekabrda qaboʼl qilingan 
“Sudlar toʼgʼrisida”gi qonunning yangi tahririga koʼra, yuqorida sanab oʼtilgan sud 
tizimigaoʼzgartirishlar kiritilib, sudlar ixtisoslashtirildi. Yaʼni, jinoyat ishlariboʼyicha 
Qoraqalpogʼiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʼyichaOliy sudi, fuqarolik va jinoiy 
ishlar boʼyicha viloyat va Toshkent shaharsudlari, fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo tuman 
(shahar) sudlari,jinoyat ishlari boʼyicha tuman (shahar) sudlari joriy etilgan. 
Oʼzbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarnihuquqiy jihatdan tartibga 
solishda sud organlarining taʼsiri kuchli boʼlib,bu jarayonni davlat nomidan kafolatlaydi. Sud 
organlari Konstitutsiya vaqonunlarda belgilab berilgan fuqarolarni huquq va erkinliklarini 
millatlarning tengligi tamoyillari asosida amalda qoʼllanilishininazorat qiladi. Shuningdek, sud 
organlari mamlakat ijtimoiy hayotidagiishlab chiqarish muassasalarida, davlat idoralarida
jamoat birlashmalarida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquqlarini mulk 
shaklidan qatʼiy nazar himoya qilinishini taʼminlaydi.Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlardan, siyosiypartiyalardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish 
yuritadi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling