Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Mustaqil Oʼzbekistonda hokimiyatlar boʼlinishi


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Mustaqil Oʼzbekistonda hokimiyatlar boʼlinishi. Jahon davlatchilik va demokratik 
taraqqiyoti tajribasidan maʼlumki, huquqiydavlat qurishni maqsad qilib qoʼygan har bir 
jamiyatda davlat hokimiyatinitashkil etish hokimiyatlar boʼlinishi nazariyasiga asoslanishi 
kerak. Chunkibunday printsip yuz berishi mumkin boʼlgan suisteʼmollikni oldiniolishning 
ishonchli vositasi sifatida namoyon boʼladi. Huquqiy davlat vaerkin fuqarolik jamiyati 
qurayotgan Oʼzbekiston ham oʼz davlat organlariidoralari tizimini hokimiyatlar boʼlinishi 
asosida tashkil etgan. 
Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan boʼlgan hokimiyatlarboʼlinishi nazariyasi 
Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida“Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining 
tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga 
boʼlinishprintsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qoʼyilgan. Hokimiyatlargaboʼlinish 
printsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish vaoʼzaro muvozanatda ushlash” 
tizimining samarali ishlashi juda muhim boʼlib,bu tizimning xuquqiy asoslari Asosiy Qonunda 
mustahkamlangan. Undahokimiyatning har bir tarmogʼi vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi 
aniqchegaralanib, koʼrsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi 
hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini –sudlar amalga oshiradi. 
Taʼkidlash lozimki, ilmiy doiralar va kundalik hayotda ommaviyaxborot vositalari haqida 
baʼzan mustaqil toʼrtinchi hokimiyat tarmogʼisifatida fikr yuritiladi. Ammo, ommaviy axborot 
vositalarini bundayifoda etish qandaydir rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. Shunga 
qaramasdan,ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishda oʼtamuhim rol 
oʼynaydi va ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Oʼzbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatiniamalga oshirishning 
yagona tizimini tashkil etadi. Oʼzbekiston fuqarolaridavlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish 
huquqini amalga oshirar ekan,saylovlar va oʼz vakillari orqali davlat organlarini 
shakllantirishgataʼsir 
koʼrsatishi 
mumkin. 
Konstitutsiyaga 
muvofiq 
(99 
modda), 
“Viloyatlar,tumanlar va shaharlar(tumanga boʼysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahartarkibiga 
kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalqdeputatlari kengashlari 
hokimiyatning vakillik organlari boʼlib, ulardavlat va fuqarolarning manfaatlarini koʼzlab oʼz 
vakolatlariga taalluqlimasalalarni hal etadilar”. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling