Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
huquqlarining kafolatlari to`g`risida»
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»
- «Si-yosiy partiyalar to`g`risida»gi qonun
- O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP)
- «Vatan taraqqiyoti»
huquqlarining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunga o`xshash qonunlar yo`q. 1994-yil oxiri,
1995-yil yanvarida O`zbekiston tarixida birinchi marta mamlakat Parlamenti – Oliy Majlisga, mahalliy vakillik or-ganlariga ochiq, demokratik saylovlar o`tkazildi. Saylovlar xalqimizning siyosiy saviyasi faolligi yuksalib bora-yotganini namoyish etdi. Ma'lumki, demokratik tartibot siyosiy hokimiyatni amalga oshirishning keng tarqalgan zamonaviy shaklidir. Unda demokratik institutlar, siyosiy erkinliklar bo`lishiga, mehnatkashlaming turli tashkilotlar atrofida birlashishiga imkon beriladi. Shuning uchun ham O`zbekiston Parlamenti fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadida mamlakatda avvalo ko`ppartiyaviylik, oshkoralikni ftqarolaming jamoat tashkilotlari orqali huquqlarini ta'minlashga qaratilgan muhim qonunlar qabul qildi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida» (1991-yil 14-iyun), «Jamoat tashkilotlari to `g`risida» (1991-yil 15-fevral), «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida» (1991-yil 14-iyun), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to`g`risida» (1992-yil 2-iyul) qonunlari ana shular jumlasidandir. Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda bolgan VII sessiyasida «Si-yosiy partiyalar to`g`risida»gi qonun umumxalq muhokamasidan so’ng qabul qilindi. Jumladan, qonunda: «Siyosiy partiya – qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, ja-miyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro`yobga chiqarishga intiluvchi hamda o`z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi O`zbekiston fimarolarining ko`ngilli birlashmasidir», deyiladi. Bugungi kunda respublikada aholining turli toifalarini birlashtir-gan 5 to siyosiy partiya faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) O`zbekiston mustaqilligi yillarida shakllandi. Bu partiya 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. XDP O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1991 yil 15 noyabrda ro`yxatga olingan. Partiya mamlakatda adolatli jamiyat qurish, uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, O`zbekiston xalq1ari o`rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta'minlash, har bir mehnatkashning moddiy va ma'naviy turmushini yaxshilash, fugarolarning teng konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilishni o`z oldiga maps ad qilib qo'ygan. O`zbekiston XDPsining oliy organi – qurultoy 5 yilda bir manta chaqiriladi. Unda partiyaning rahbar organlari saylanadi. O`zbekiston XDP parlament partiyasidir. O`z a'zolaridan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar paytida nomzod-lar ko`rsatib davlat hokimiyati organlarining barcha bo`g`inlarida ishtirok etadi. 128 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan partiyaning 69 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro`yxatga olindi. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 48 nafari Xalq Demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. Hozirda O`zbekiston XDPsi tarkibida 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13 ming 665 boshlang`ich, jumladan, 3952 hududiy tashkilotlar ish olib bormoqda. Uning 420 mingga yaqin a'zosi bor. O`zbekiston XDPsining «O`zbekiston ovozi», «Goloc Uzbekistana» gazetalari nashr etilmoqda. XDP V qurultoyi qarori bilan 2006-yil yanvar-iyun oylarida partiya a'zolari qayta ro`yxatdan o`tkazildi. 2007-yil 1 yanvariga ko`ra uning safida 344 mingga yaqin a'zo bor. Ayni paytda XDPning barcha viloyatlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahar tashkilotlari mavjud. Ular tarkibida jami 11576 to boshlang`ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. O`zbekiston istiqloli yillarida siyosiy kuch sifatida shakllangan partiyalardan yana biri «Vatan taraqqiyoti» (VTP) partiyasidir. U 1992-yil 24-mayda Toshkentda bo`lib o`tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu qurultoyda uning Dasturi, Nizomi qabul qilinib, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1992-yil 10-iyulda ro`yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil O`zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya prinsipla-riga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli figlarolik jamiyatini qurishdir. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling