Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi


Amaliy mashg‘ulotni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 1.87 Mb.
bet10/31
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1330568
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Amaliy mashg‘ulotni mustahkamlash uchun nazorat savollari.

  1. Quvurli pechning radiant yuzasi qaysi tenglamalar yordamida aniqlanadi?

  2. Quvurli pechning konveksiya yuzasi qaysi tenglamalar yordamida topiladi?

  3. Pechlarning konveksiya yuzasini hisoblashda nima sababdan issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentini tutunli gazlardan quvur yuzasiga issiqlik berish koeffitsiyentiga teng deb olinadi?


5- Amaliy mashg‘ulot
Pechning foydali ish koeffitsiyentini oshirishga oid xisoblash
Har qanday quvurli pech uch asosiy kо‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi: ish unumdorligi, foydali issiqlik yuklamasi va foydali ish koeffitsiyenti.
1. Pechning ish unumdorligi vaqt birligi ichida zmeyevik quvurlarida isitiladigan xom -ashyo miqdori bilan aniqlanadi.
2. Foydali issiqlik yuklamasi – pechda xom ashyoga uzatiladigan issiqlik miqdorini bildiradi.
Issiqlik yuklamasi pechning issiqlik quvvati va о‘lchamlariga bog‘liq. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan pechlarning issiqlik yuklamasi 8-16 M j/kg ga teng.
3. Foydali ish koeffitsiyenti – pechni ekspluatatsiya qilish tejamkorligini xarakterlaydi va foydali issiqlik miqdorining yoqilg‘ining tо‘liq yonishidan hosil bо‘lgan umumiy issiqlik miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
; (5.1)
Bu kattalik yoqilg‘ining tо‘liq yonishiga, atrof – muhitga hamda tutun quvurlari orqali chiqadigan gazlar bilan yо‘qotiladigan issiqlik miqdoriga bog‘liq. Hozirgi paytda neftni qayta ishlash zavodlarida ishlatilayotgan pechlarning foydali ish koeffitsenti 0,65-0,85 ga teng.
Foydali ish koeffitsiyentini oshirish tutun gazlari issiqligidan mumkin qadar tо‘laroq foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Konveksion kameradan chiqib ketayotgan tutun gazlarning temperaturasi qizdirilgan xom ashyoning boshlang‘ich temperaturadan hech bо‘lmaganda 1500S ga yuqori bо‘lishi kerak.
Hisoblash
1. Yonish jarayonini xisoblash.
Yoqilg‘i gazining berilgan tarkibi bо‘yicha uning quyi yonish issiqligi aniqlanadi.
Massaviy quyi yonish issiqligi:
(5.2)
1 kg yoqilg‘ini yoqish uchun sarflanadigan havoning nazariy mikdori aniqlanadi:
(5.3)
Bu yerda: S, N, , Omos ravishda, gaz tarkibidagi uglerod, vodorod, oltingugurt va kislorod miqdori.
Havoning oshiqchalik koeffitsiyenti qabul qilinadi. . Bu holda 1 kg havoni yoqish uchun ketadigan haqiqiy yoqilg‘i miqdori quyidagiga teng bо‘ladi:
(5.4)
1 kg yoqilg‘i yonganda hosil bо‘ladigan yonish mahsulotlari miqdori aniqlanadi:
(5.5)
1 kg yoqilg‘i yonganda hosil bо‘ladigan yonish mahsulotlari umumiy miqdori aniqlanadi.
1 kg yoqilg‘i normal sharoitda yonishi natijasida hosil bо‘ladigan mahsulotlarining hajmiy miqdori:
(5.6)
1 kg yoqilg‘i yonish mahsulotlari umumiy hajmi aniqlanadi.
Yonish mahsulotlari zichligi normal sharoitda:
(5.7)
Yonish mahsulotlarining molekulyar massasi:
(5.8)
2. Foydali ish koeffitsiyenti, pechning foydali issiqligi va yoqilg‘i sarfi hisoblanadi.
Pechning foydali ish koeffitsiyenti quyidagi formula orqali topiladi.
; (5.9)
Bu yerda: q1 – pechning atrof muhitga yо‘qotadigan issiqligi;
q2 – pechning tutun-gazlari bilan chiqib ketayotgan issiqligi.
Pechning atrof – muxitga yо‘qotadigan issiqligini 4 % gacha qabul qilish mumkin.
Pechdan chiqib ketayotgan tutun gazlari temperaturasi qabul qilinib, q2 aniqlanadi.
Pechning foydali issiqligi:
Qfoy=Qx+Qk (5.10)
bu yerda: Qx – xom-ashyoga beriladigan issiqlik miqdori.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling