Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
ADABIYOTLAR TAHLILI
Qiziqish bolalarning ehtiyojlari, shuningdek, ularni muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil etishga undovchi motivlar asosida shakllanadi. Matematik materialga qiziqish har bir masala, mantiqiy mashqlarga o‘yinli elementlar kiritish asosida shakllantiriladi. Qiziqarli materialning turliligi uni tizimlashtirish uchun asos beradi. Eng qiziqarli matematik material Z.A.Mixaylova tomonidan taklif qilingan219, uni uchta asosiy guruhga ajratadi: o‘yin-kulgi, matematik masalalar va o‘yinlar, rivojlantiruvchi mashqlar. Bundan ko‘rinib turibdiki, bolalarda matematik tasavvurlar rivojlanishida keltirilgan materiallar ahamiyatli hisoblanadi. L.S.Vigotskiy fikrlashni rivojlantirish muammosini o‘rganib, dastlab matematik tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradi. Bunda u bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni topish lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikrlaridan so‘ng psixolog va didaktlarning ko‘pchiligi o‘rgatish; – rivojlanish manbai, tarbiyachilarning bilimi va bilishi; – ularning rivojlanishi uchun muhim shartlardan biridir, deb hisoblaydilar. Bunda o‘qitish jarayonida tasavvur hosil qilishni ko‘zda tutish muhimdir, ya’ni tarbiyachilarning egallagan matematik tushunchalarning rivojlanish darajasini e’tiborga olish va ularni keyingi yengilroq maydonga siljitish kerak. Ushbu maydonni aniqlash uchun L.S.Vigotskiy ikki ko‘rsatkichdan foydalanishni tavsiya etadi: 1) bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi; 2) boladagi o‘zlashtirilgan bilimlarni, masalalarni mustaqil yechishda qo‘llash, tatbiq etish qobiliyati.220 Bundan tashqari bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish masalasiga Yu.M.Kolyagin, Yu.I.Kulyutin, L.M.Fridman, psixologlar, pedagoglar, uslubchilar K.Dunker, J.Piajelarning o‘z asarlari va mashhur tadqiqotlari katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. E.I.Tixeva o‘zining pedagogik faoliyatida bolalarda matematik tasavvurlar asoslarini shakllantirishga katta ahamiyat bergan. U mashg‘ulot mazmunini aniqladi, uslubiy tavsiyalar va maxsus vizual (didaktik) materiallarni ishlab chiqdi. Ulardan tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulot jarayonida foydalanishni tavsiya etadi.221 Z. I. Kalmakovaning fikricha, bolada matematik tushunchalarni shakllantirishning eng ishonchli ko‘rsatkichi – uning ta’limiyligi, ya’ni bolaning bilimlarni o‘zlashtirishining umumiy qoidalarida, deb hisoblaydi. Matematik tushunchalarni shakllantirishda S.I.Shvarsburd quyidagi komponentlarni ajratadi: a) keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish; b) asosiyni tanlay bilish, abstrakt fikrlashni bilish; d) aniq holatdan savolni matematik ifodalashga olishni bilish; e) tahlil qilishni, aniq holatlarga bo‘lishni bilish; f) ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashini bilish; g) matematik masalani yechishda sabr qilishni bilish, deduktiv fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish; h) yangi savollarni berish (qo‘yish)ni bilish.222 Demak, ilk rivojlanayotgan elementar matematik qobiliyatlar shunday insoniy fazilatlar orqali ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat ko‘rsatishga imkon yaratadi. Tarbiyalanuvchilarda elementar matematik tushunchalarni shakllantirishda bolaga individual yondashish alohida ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilar ko‘pincha guruh bilan frontal ish olib boradi. Frontal ish uslubi o‘z yutuqlari bilan birga kamchiliklarga ham egadir. Har bir tarbiyalanuvchining mashg‘ulot jarayonlari, shu jumladan, matematik tushunchalarni o‘zlashtirish darajalari, berilgan topshiriqlarni bajarish imkoniyatlari turli xil bo‘ladi. Frontal yondashish bolalarda axborotlarni to‘liq e’tiborga olishga imkoniyat yaratmaydi, chunki har bir tarbiyalanuvchi turli bilim qiziqishlariga, qobiliyatlarga va layoqatga egadir. Shuningdek, bugungi kunda ta’limda kompyuterlardan foydalanish oddiy holat bo‘lib qoldi. Kompyuterning axborotlarni grafik tasvir, video, tovush, multimedialar, elektron ta’lim resurslar, nutq ko‘rinishida aks ettirishi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash bolalar uchun faoliyatning yangi vositasini yaratishga imkon beradi, bu o‘z navbatida amaldagi o‘yinlar va o‘yinchoqlardan keskin farq qiladi.223 Innovatsion kompyuter texnologiyalarini joriy etish, avvalo, maktabgacha ta’limda tarbiyalanuvchilar ta’limiy o‘yin faoliyatlari sifatini yaxshilaydi, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishda bolalar motivatsiyasini oshiradi hamda o‘zlashtirish jarayonlarini tezlashtiradi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling