Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
-rasm. Bolalar matematik tasavvurini shakllantirishda matematik tushunchalarining tarkibiy elementlari (Ilk qadam davlat dasturi)
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
2-rasm. Bolalar matematik tasavvurini shakllantirishda matematik tushunchalarining tarkibiy elementlari (Ilk qadam davlat dasturi)225
Mashqlar, albatta, uncha katta bo‘lmagan sonlardan boshlanadi va asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Tarbiyalanuvchilarda keyinchalik ko‘rgazmali materiallarsiz sanash ko‘nikmalari hosil qilinadi.226 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhidagi tarbiyalanuvchilarda narsalarning kattaligi va shakli haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirish bilan batafsil tanishamiz. Maktabga tayyorlov guruhida o‘quv yili boshida bolalarda buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligini aniqlash ko‘nikmasi mustahkamlanadi. Shundan keyin ular shartli o‘lchovlar yordamida buyumlarning uzunligi, kengligi va balandligini o‘lchash hamda taqqoslashga o‘rgatiladi. Bolalarga, avvalo, o‘lchashning ma’nosi va ahamiyatini tushuntirish, o‘lchash usullarini ko‘rsatish, amal qilish lozim bo‘lgan qoidalarni aytish kerak. Mashg‘ulotlarni sochiluvchi jismlarning hajmlarini o‘lchashdan boshlash maqsadga muvofiq. Bunday mashg‘ulot jarayonlarining afzalligi shundan iboratki, sochiluvchi jismlarni o‘lchash jarayoni masofalarni o‘lchashga nisbatan qiziqarliroqdir. Bundan tashqari sochiluvchi jismlar hajmini o‘lchash suyuqlik hajmini o‘lchashga qaraganda kam mashaqqatlidir.227 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhidagi tarbiyalanuvchilarda elementar matematik tasavvurlar va geometrik shakllar haqidagi tushunchalar ancha shakllangan va rivojlangan bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilar maktabga borgunlariga qadar quyidagi geometrik shakllarni bilishlari kerak bo‘ladi: to‘g‘ri to‘rtburchak, doira, uchburchak, to‘rtburchak, shar, oval, kub, slindr, kvadrat. Tarbiyalanuvchilar yuqorida keltirilgan shakllarning fazoviy holati, qanday joylashishi, o‘lchamlaridan qat’iy nazar ko‘rib turgan narsa buyumlar orasidan shakllarni farqlay olishi kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida shu maqsadlarni ko‘zlagan holatda har xil qiziqarli o‘yinlar o‘rgatiladi va tushuntirib boriladi. Ular elementar matematik bilimlarga tarbiyalanuvchilardagi qiziqishni kuchaytiradi hamda aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhidagi tarbiyalanuvchilarda vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda vaqtni aniq idrok qilish, vaqtga nisbatan mo‘ljal olishning aynan bir xilligi katta ahamiyatga ega. Inson hayotida bunday qobiliyat o‘z vaqtidan samarali foydalanish, atrofdagilarning vaqtga nisbatan tejamkor bo‘lishini ta’minlaydi.228 Biz vaqtdan unumli foydalanishimiz, uni aniq idrok qila olishimiz, kun tartibimiz va butun oilaviy turmush tarzimizni tashkil qilishda muhim ahamiyatga egadir. M.I.Vasileva bolalarni hammasi bo‘lib bittagina vaqt o‘lchov birligi – daqiqa bilan tanishtiradi. Shunisi juda qimmatliki, bolalarda vaqtni his etish, ularni daqiqa bilan tanishtirish asosida rivojlantirish tadqiqotlarsiz, jonli pedagogik jarayon sharoitlarida amalga oshiriladi.229 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish bolalarda tor didaktik maqsadlarga emas, balki bu jarayonlar bola shaxsini kamol toptirishning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling