Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet161/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
7-rasm. 1.Harakatli o‘yinlar. 
Harakatli o‘yinlarni to‘plash va ularni hayotga tadbiq etish
ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham 
nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifa bo‘lib 
hisoblanadi. Nafas mashqlari, yurish turlari va sakrashlar, oyoq va 
qorin mushaklarini, gavda va umurtqani, oyoq va tovon bo‘g‘inlari 
mushaklarini tarbiyalashga qaratilgan mashqlar, chaqqonlik va 
jasurlik hamda muvozanat sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlar
quvnoq bolalarning harakatli o‘yinlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini 
rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘rgatishning 
ushbu bosqichida harakat malakalari va ko‘nikmalari ko‘lamining 
kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va 
boshqalar) ning rivojlanishi bilan bog‘liq holda ham mashqlarni 
yaxlit, ham harakat texnikasi elementlarini alohida-alohida 
muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi. Besh-olti 
yoshli bolalarda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni ongli tushunib 
yetish, vaziyatni baholash, o‘z harakatlarini boshqara bilishga 
muayyan tayyorgarlik bo‘ladi, shuning uchun, og‘zaki ko‘rsatma 
berish va tushuntirish yordamida maktabgacha yoshdagi 
bolalarning harakat faoliyatida mustahkam bilim va ko‘nikma 
shakllantirish mumkin bo‘ladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yaratilgan ta’lim-
tarbiya dasturi, Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat 
talbalariga muvofiq barcha guruhda bolalar yurish, yugurish, 
muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga 
o‘rganib, uni takomillashtirib boradilar, sport o‘yinlari: bastketbol, 
futbol, sport elementlari va hokazolarni egallaydilar.
4
8-rasm. Musiqiy o‘yinlar. 
4 https://infourok.ru/maktabgacha-ta-limda-harakatli-o-yinlar-5206699-
.html 


 
www.herald.uz
 
90
Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o‘quv 
jarayoni mutlaqo bolaning musiqiy rivojlanish dasturini o‘z ichiga 
oladi. Bundan tashqari, ushbu dastur turli yosh guruhlari uchun 
sezilarli darajada farq qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning 
musiqiy rivojlanish dasturiga o‘yinlar, mashq qilish, raqs va qo‘shiq 
aytish kiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqiy qobiliyatlarini 
rivojlantiradilar: ritm, musiqiy va auditoriya. Ovozni balandligi, 
davomiyligi va miqdori bilan farqlashni o‘rganing. Musiqiy asboblar 
haqida g'oyalar oling. O‘yin shakli va hissiy hissi bolalarning 
musiqaga bo‘lgan qiziqishini uyg'otadi va ko‘p quvonchli va 
quvnoq daqiqalar beradi.
5
O‘yinlar o‘z o‘rnida keltirib o‘tilgan turkunlarga bo‘linadi va bu 
tasniflar orqali izohlanadi. 
Tarbiyalanuvchilarga taʼlimiy-tarbiya jarayonni oʻyin orqali 
rivojlanish markazlarida tashkil etish mavzusidagi maʼruza 
yuzasidan ularning bilim va tushunchalarini aniqlash uchun 
kartochkadagi savollar tarqatiladi va tinglovchilarga berilgan 
savollarni aynan oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha taʼlim 
tashkilotidagi taʼlim jarayonini tashkil qilish tamoyillariga bogʻlab, 
misollar keltirib javob berishlari taklif etiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling