Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet162/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT NATIJASI 
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida o‘yin texnologiyasini olib 
borishda maktabgacha ta’lim tashkilotining (MTT) ning pedagogik 
jarayonda o‘yinning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, o‘yindan 
maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim 
berishda keng foydalaniladi. Zero: 

o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning 
ruhiyati namoyon bo‘ladi; 

o‘yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini 
tashqil etish shaklidir; 

o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan 
biridir; 

o‘yin bolalarga ta`lim va tarbiya berishning metod va 
usulidir; 

o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasi ekanligi 
ko‘rsatib o‘tilgan.
Tadqiqotlarda kuzatilishicha, agar oʻyin rivojlantiruvchi
ijtimoiy va bilish jarayonlari (kognitiv) afzalliklarga ega boʻlsa, 
maktabgacha yoshdagi guruhlarda oʻyinni tashkil etish va 
pedagogning roli uchun qanday xulosalar mavjud? Agar bolalar 
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻynasa, “akademik” koʻnikma 
va bilimlarni qanday oʻrganadi? Oʻyin bolalar rivojlanishida katta 
ahamiyatga ega ekanligi va shu kabi savollarga javob bo‘ladi, bular 
quyidagicha: 

bolaning ijobiy ijtimoiylashuviga koʻmaklashadi. Oʻyinda 
(improvizatsiya) Improvizatsiya
6
(lot. Improvises - kutilmagan, 
bexosdan) oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish, 
vaziyatlarni oʻylab topish va shu tariqa atrof-olam haqida yanada 
koʻproq maʼlumotlarni olsa boʻladigan jarayon; 

ruhiy (psixik) jarayonlarni shakllantiradi: xotira, diqqat, 
tasavvur, nutq va h.k.;

bolalarga quvonch bagʻishlaydi, turli hissiyot va 
kechinmalarni uygʻotadi, bolalar uchun atrofimizdagi voqelikni 
anglash va ijodiy aks ettirishning qiziq va qulay shakli hisoblanadi; 

ijtimoiy xulq-atvorning dastlabki koʻnikmalarini egallashga 
imkon beradi; 

boshqa bolalar bilan muloqotda boʻlish, ular bilan turli 
munosabatlarga kirishish, umumiy oʻyin rejalarini amalga oshirish 
uchun kelishish va birlashish, oʻyindagi sheriklarining 
manfaatlarini hisobga olish; 
bolalarga jamiyatdagi oʻz oʻrnini tushunish va oʻziga boʻlgan 
ishonchsizlikni kamaytirishga yordam beradi. Demak, o‘yin 
texnologiyalaridan foydalanishda to‘g’ri yo‘naltirilgan javoblar 
shu usullar bilan olib boriladi va kerakli natijalarga erishiladi. 
Oxirida natijalarda berilishi kerak. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling