Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
Download 0.5 Mb.
|
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar
Yechilishi: Kran yuk ilgichining kran turgan satxdan balandligi kuyidagi formula yordamida aniklanadi:
N=h0+h3+hel+hu , m bunda : h0 - kran turgan sathdan to yuk tushirilishi (o`rnatilishi, montaj qilinishi) zarur bo`lgan sathgacha bo`lgan masofa , m. h3-yukni (konstruksiya, element va b.) uzatish joyiga olib borishda , uni pastki o`rnashgan bino kismiga tegib ketmasligi uchun zahira (ehtiyotkorlik bilan tushirish) oralik masofasi, m h3=0,5÷1,0 m kabul kilinadi. hel - montaj qilinayotgan elementning balandligi yoki qalinligi, m; hu- yuk (konstruksiya)ni ilib ko`taruvchi moslama (strop yoki traversa)ning hisobiy uzunligi, m. Ikki tagdondagi 400 dona g`ishtni ish joyiga ko`tarib berishda, N = 11,2+0,5+0,8+4,2=16,7 m. Yopma plitani montaj qilishda, N=11+0,5+0,22+4,2=16,92 m. Qorishmani uzatib berishda, N=11,2+0,5+0,6+4,2=16,5 m Uzatiladigan yuk (konstruksiya, element yoki b. )larni montaj og`irligi quyidagi formula asosida aniqlanadi, Q = qel+ qil+ q , t bunda, qel-yuk (konstruksiya) ogirligi , t . Gishtni ikkita tagdonda uzatishda, qel= (400·3.7) = 1495 kg yoki 1,5 t. Yopmani uzatishda, qel=2,5 t. Korishmani uzatishda, qel = (2,0 ·0.75) + 100 = 1.6 t. qul- yuk (konstruksiya)ni ilib kutaruvchi moslama massasi, m . Ko`taruvchi moslama sifatida to`rt tarmoqli stropdan foydalaniladi, qul= 0,09 t. q - yuklarni sifatli o`rnatishga zarur bo`lgan (agar bo`lsa) jixozlarning (tortqilar, narvoncha va b.) og`irligi , t U xolda: G`ishtni ish joyiga uzatishda, Q = 1,5 + 0,09 =1,59 t; Qorishmani uzatishda, Q= 1,6+0,09=1,69 t; Yopmani o`rnatishda, Q= 2,5+0,09=2,59 t. Kranning yuk (konstruksiya)ni uzatib berish uzoqligi (qulochi, yelkasi) quyidagi formula asosida topiladi, L = d + b + c , m bunda, d – kranning aylanish o`qidan, uning platformasi chetigacha bo`lgan masofa (minorasi aylanadigan kranlarda harakatlanish rels (yo`l)lari orasidagi masofa l = 4,5 m bo`lsa, d=3,5 m ga teng, l = 6,0 m bo`lganda, d =4,25 m). b – kran platformasi chekkasidan binoning platforma tomonidan eng chekkasigacha bo`lgan oraliq masofa, kamida b=0,8 m bo`lishi kerak; s- binoning eni, m. U holda, binoning balkon plitasi o`rnatilayotganda, L=3,5+0,8+13,2=17,5 m; g`isht uzatilayotganda, L=3,5+0,8+11,8=16,1 m; Yopmani o`rnatayotganda, L=3,5+0,8+9,8=14,1 m. Yuqorida aniqlangan ma’lumotlarga asoslanib quyidagi kranlarni qabul qilish mumkin. Hisoblarni jadval ko`rinishida keltiramiz. -jadval
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, KB-100 minorali krani iqtisodiy jihatdan samaralidir.Endi kranni ish bajarishga sarflagan vaqtini aniqlaymiz. Ma’lumotlarni jadval ko`rinishiga keltiramiz. -jadval
Jami: 1,69 mash-smen Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling