Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
Download 0.5 Mb.
|
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3- Masala.
- 1.4- Masala.
1.2- Masala. Sement va to`ldiruvchilar omborlarini hisobini quyidagi shartlar bo`yicha bajarish talab etilsin: me’yor bo`yicha sement sarfi 350 kg/m3 , betonning hajmiy massasi 2150 kg/m3 , qum va yirik to`ldiruvchilar massasi bo`yicha nisbati 0,40 va 0,60 bo`lgandagi ashyolar sarfi hisoblansin.
Yechilishi: Yirik va mayda to`ldiruvchi sarfi, 2150 - 350 1,15=1747,5 kg/m3, shundan yirik tuldiruvchi: 0,60 1747,5=1048,5kg qum : 1747,5 0,40=699 kg. bunda ; 1,15 – sement bilan bog`langan suvni hisobga olish koeffisiyenti. Markazlashtirilgan holatda (mas. Beton zavodda tayyorlanganda va b.) sement va to`ldiruvchilarning ishlab chiqarishdagi kamayishi (yo`kolishi) hisobga olganda (yo`kolishi o`rtacha 4% ni yoki 1,04 ni tashkil etadi) ashyolar sarfi: sement 350· 1,04=364 kg/m3; yirik to`ldiruvchi 1048,5· 1,04=1090,4 kg/m3 ; qum 699 1,04=726,9 kg/m3 ga tengdir. 1.3- Masala. Sig`imi 1700 tonna bo`lgan sement saqlovchi silosga uch partiya sement olib kelindi va quyidagicha taqsimilandi: № 1 partiyada 700 t; № 2 partiyada 600 t; № 3 partiyada 400 t. Sementni silosda saqlash uchun, uning har bir partiyasidan olingan qismlari, quyidagi ko`rsatkichlarni berdi, ya’ni sement № 1 partiyadan tayyorlangan issiqlik bilan ishlanganda betonning chiqarilish mustahkamligida sement – suv nisbati - 2,0 , betonning suv talabi 170 l/m3 , sement № 2 partiyadan tayyorlangan betonning sement suv nisbati -2,1 , betonning suv talabi 175 l/m3 , sement № 3 partiyadan tayyorlangan betonning sement-suv nisbati-2,3 va suv talabi 180 l/m3 . Vaziyatdan kelib chiqqan holda, ya’ni har 3 partiya sementni bitta silosga qo`shib yuborish natijasida sementni ortiqcha sarflanishi hisoblansin. Yechilishi: 1 m3 beton qorishmasini qorish uchun sement sarfi : №1 partiya sement uchun : 2,0 ·170 = 340 kg ; №2 partiya sement uchun : 2.1 ·175 = 367 kg; №3 partiya sement uchun : 2.3 ·180 = 414 kg. Aslida har bir partiya sementidan alohida beton tayyorlanganda edi, unda: №1 partiya sementidan : 700 : 0,34 = 2058,8 m3; №2 partiya sementidan : 600 : 0,367 = 1634,8 m3; №3 partiya sementidan : 400 : 0,414 = 966,2 m3. Jami 1700 t sementdan : 2058,8+634,8+966,2=4659,8 m3 beton tayyorlanar edi. Endi vaziyatdan kelib chiqqan holda aralash sementni sarflashimiz natijasida (faolligi eng past bo`lgan №3 partiyadan sementni sarfidan kelib chiqib hisoblanganda) tayyorlanadigan beton miqdori, 1700:0,414=4106,2 m3. Shuni hisobga olganda, har uchala sementni aralashtirib beton tayyolanishi natijasida beton xajmi: (4659.8 - 4601.2) / 4659.8 = 11.8% ga kamayadi 1.4- Masala. Quyidagi sutkasiga tayyorlab chiqariladigan beton hajmi 500 m3; 1 m3 beton qorishmasi uchun ham ashyo sarfi : sement – 312 kg/m3, qum- 720 kg/m3, 6 sutkalik , sement 10 sutkalik zaxirani ta’minlovchi sement ombori va yopiq to`ldiruvchi ombori, ya’ni bunker hajmi va soni aniqlansin. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling