Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
- rasm. Tom nishabini gorizontal qamrovlarga bo`lish sxemasi
Download 0.5 Mb.
|
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomni qoplash ishlarini bajarish taqvimiy (kalendar) grafigi
- Nazorat savollari
- Talabalarni mustaqil ishlashlari uchun masalalar buyicha variantlari
11 - rasm. Tom nishabini gorizontal qamrovlarga bo`lish sxemasi.
YaM va N (YeNiR) § 7-5 ga asosan tom yopuvchilar zvenosi soni 2 kishidan iborat, ya’ni 8 ta tom yopuvchi 4 ta zvenoga bo`lingan. Tomning bir nishablik tomonning 2 ta zveno ishni ketma-ket amalga oshirib boradi, zvenolarni tomda joylashishi - rasmda keltirilgan. Umumiy kamrovlar soni 10 ta . Tomning umumiy yuzasi: F = 14,8 ·73· 2 = 2160,8 m2 Bitta qamrov yuzasi (ikki qator asbestsement taxta) bir zveno tomonidan yotkiziladi. Endi tom ishlarini bajarish uchun umumiy mehnat sarfini hisoblaymiz, Q = (2160,8 0,24) / 8,2 = 63,24 ishchi-smena, bu yerda: 0,24- YaM va N ni 7-to`plami § 7-5 dan olingan 1 m2 asbestsement taxtani qoplash uchun mehnat sarfi; 8,2 – ish smenasining davomiyligi , soatda. Mexnat unumini 10% ga ortishi hisobiga 63,24:1,1= 57,4 ≈ 55 ishchi- smena. Bitta qamrovdagi asbestsement taxtalarni qoplash uchun mehnat sarfi: 55:10=5,5 ishchi - smena . Bitta qamrovda ishni davomiyligi: 55:2 = 2,75 ≈ 3 kun, unda tomni bir vaqtning o`zida 4 ta zveno bajarganda (bunda 1 ta zveno ishni boshlagandan so`ng 2- zveno bir kundan keyin ish boshlasa) tom bir tomoni nishabligini qoplash davomiyligi quyidagicha topiladi, T=1+ t, kun Tomni qoplash ishlarini bajarish taqvimiy (kalendar) grafigi
Nazorat savollari: 1.Tom nima, vazifasi va kanday talablarga javob berishi kerak ? 2. O`rama ashyolar nima, turi va vazifasi nimadan iborat ? 3. Mastika nima, turi va vazifasi nimadan iborat ? 4. Issiq va sovuk mastikalarni tayyorlash ketma-ketligini izoxlang ? 5.O`rama ashyolarni tomga yopishtirishda qavatlar soni qanday omillarga bog`liq ? 6.Tom yopish ishlarida kanday jarayonlar mavjud ? 7. Asosiy ishlar (jarayon) larga nimalar kiradi ? 8. Tayyorgarlik jarayonlariga nimalar kiradi ? 9. O`rama ashyolarning yopishtirish ketma-ketligi qanday ? 10. O`rama ashyolar tom qoplamasi sifati qanday tekshiriladi, nuqsonlari bo`lsa qanday bartaraf etiladi ? 11. Qish paytida o`rama ashyoli tomlarni bajarish texnologiyasi qanday amalga oshiriladi ? 12. Mastikali tomlar qanday amalga oshiriladi ? 13. «Nafas oluvchi» tom yopish ishlari qanday amalga oshiriladi ? 14.O`ramali tomlar nima va ularni hosil qilish texnologiyasini izohlang ? 15. Donali va taxtasimon tom materiallariga misollar keltiring ? 16. Po`lat taxtasimon (tunuka) tom qoplamasini qoplash ketma-ketligi va uning xususiyatlari haqida ayting . 17. Tunukalarni o`zaro biriktirish qanday nomlanadi va ularning qanday turlari bor ? 18. Tunukali tom yopmasini bajarish ketma-ketligini izohlang ? 19. Tunukali qoplama koplashda asos qanday talablarga javob berishi lozim? 20. Tomga ashyolar (turli xilli) qanday uzatiladi ? 21. Asbestsement taxta (tekis va to`lkinsimon) larning qanday turlari va qo`shimcha elementlari qurilishida ishlatiladi ? 22. Asbestsement taxtali tom yopmasi uchun asos qanday tayyorlanadi va ularni va o`rnatish ketma-ketligi qanday ? 23. Yoz sharoitida asbestsement taxtali tom yopishning qanday o`ziga xos xususiyatlari mavjud ? 24. Tom yopish ishlarida qo`llaniladigan asbob-uskuna va boshqa zarur jihozlarni sanab ta’kidlang ? 25. Tom yopish ishlarini bajarishda ish sifati va xavfsizlik texnikasi chora-tadbirlari qanday ta’minlanadi ? 1-ilova Talabalarni mustaqil ishlashlari uchun masalalar buyicha variantlari Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling