Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
Yechilishi: Zarur bo`lgan sement zahirasi miqdori: 10·500· 0.312 =1560t s
Download 0.5 Mb.
|
5-QISM. Amaliy mashg\'ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar .
Yechilishi: Zarur bo`lgan sement zahirasi miqdori: 10·500· 0.312 =1560t sement saqlanadigan silos (bunker) to`lish koeffisiyenti 0,9 ga teng bo`lganda silosining umumiy sig`imi: 1560 : 0.9 = 1735 t.
Demak har birini sig`imi 200 tonnadan bo`lgan 9 ta silos bunkerini qabul qilsa bo`ladi. Qumning umumiy me’yoriy zahirasi, 500 0.720 6 = 3960 t yoki 2160 : 1.6 = 1350 m3. Shag`alning umumiy me’yoriy zahirasi, 500· 1.32 ·6 = 3960 t yoki 3960 : 1.75 = 2262.8 m3. bunda, 1,6 va 1,75 – qum va shag`alning tabiiy holatdagi o`rtacha zichligi. ( YaM va B 2-tuplam, 1-jadvaldan) Nazorat uchun savollar . 1.Beton nima va uning tarixi haqida nimalarni bilasiz ? 2.Betonning turlarini izohlang. 3. Qolip nima ? 4. Qolip qanday talablarga javob berishi kerak ? 5. Qolipning turlari bo`yicha tasnifi ? 6. Qolip qanday yuk (kuch) larni qabul qiladi ? 7. Qoliplarni turlari bo`yicha qo`llanilish sohasini izohlang ? 8. Sirpanuvchi qolip qanday elementlardan tashkil topgan va qanday konstruksiyalarni barpo etishda samarali hisoblanadi ? 9. Temirbeton nima ? 10.Temirbeton elementlarda armaturaning vazifasini va o`rnatilish o`rnini izoxlang ? 11. Armaturaning turi hakida nimalarni bilasiz ? 12. Armatura turi va sinchlarini tayyorlash qanday oddiy jarayonlardan iborat? 13. Armaturalar qanday biriktiriladi yoki payvandlanadi. Izohlang ? 14. Beton ishlarini boshlashdan oldin nimalarga ahamiyat berish zarur ? 15. Beton ishlarini bajarishda choklar nima uchun xizmat qiladi, ularni qanday turlarini bilasiz ? 16. Betonning erkin tashlash balandligi qanday omilga bog`lik va u qanchadan oshmasligi kerak ? 17. Betondan qilingan konstruksiya (element) ni zichlanganligi alomatlari qanday aniqlanadi ? 18. Titratgichlarni qanday turlarini bilasiz ? 19. Betonni shibbalash (zichlash) vaqti nimalarga bog`lik ? 20. Titratuvchi paket (vibropaket) nima va u qaysi holatlarda qo`llaniladi ? 21. Betonning parvarishi nima va u qanday omillarga bog`liq ? 22. Ekstremal sharoitlarda betonlashning o`ziga xos xususiyatlarini izohlang ? 2.2- Masala. Ustun oralig`i (prolyoti) 24 m bo`lgan nishabligi 220 bo`lgan metall ferma ustiga zo`riktirilgan asbest-sement to`lkinsimon (VU – 175 K) 1125×1750 mm o`lchamli shiferlardan tom bunyod etish talab qilingan. Tom o`lchami 27,5 m. Ish 8 kishidan iborat tom yopuvchilardir. 2 kishidan 4 ta zvenoni tashkil etadi. Ishchilar mehnat unumi 10 % ga oshirilgan holda qamrovlar soni, ish ketma-ketligi va ishning tugallanish mudati aniqlansin. Yechilishi: Asbest-sement taxta (shifer) uzunligi 1750 mm bo`lgan holda to`lkinli taxtalar gorizontal qator soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: N =( l + Ck) / (a - H) , ta bu yerda, l- qiyalikni hisobga olganda, tomning eng yuqori (konyok,qirrasi) qismidan to suv oqib tushishi (karniz) qismi taxtasi chekkasigacha bo`lgan masofa (m) va u quyidagicha topiladi, l = b / cos 22o , m. bu yerda, b= V:2= 27,5:2= 13,75 m , unda l = 13,75· 0,93 = 14,78 ≈ 14,8 m. Ck- tomni karniz qismidan chiqib , osilib turadigan qismi , Ck=600 mm ; H- asbest-sement taxtalarning bo`ylama yo`nalishi bo`yicha ustiga bostirish qismi , H = 200 mm. a – asbest taxtalar uzunligi. U xolda : N=(14800 + 600) / (1750 – 200) = 9,93 ≈ 10 qator. Qamrov eni ikki gorizontal qatorga teng . ( - rasm) Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling