Qurilishni boshqarish


Download 0.71 Mb.
bet1/9
Sana23.08.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1669369
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diplom ishi 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA – QURILISH INSTITUTI
QURILISHNI BOSHQARISH” FAKULTETI
Shahar qurilishi va xo’jaligi” kafedrasi
Himoyaga R U XS A T E T I L S I N
Kafedra mudiri prof.
__________________
«____» ___________ 2023 y.
5310900 «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun bajarilgan bitiruv malakaviy ishining
TUSHUNTIRISH XATI
MAVZU: Beton qorishma mahsulotlarini laboratoriya sinovlaridan o’tkazish

Tushuntirish xati– bet. BMI muallifi: 38-18 guruh
Talabasi: Jabborov J
Rahbar: Xamidov J. A.
Maslahatchi 1.: __________________
Maslahatchi 2.: __________________
Maslahatchi 3.: __________________


Toshkent – 2023 y.
MUNDARIJA Kirish........................................................................................................................3
I BOB. BETON QORISHMALARI VA QO’LLANILISH SOHASI
1.1 Beton qorishmalari………………………………………………………6
1.2 Beton qorishmalarining qo’llanilish sohasi……………………….……13
1.3 Xulosa…………………………………………………………………..14
II BOB. BETON QORISHMALARINING FIZIK-MEXANIK VA KIMYOVIY XOSSALARI.
2.1 Beton qorishmalarining fizik-mexanik xossalari……………………….23
2.2 Beton qorishmalarining kimyoviy xossalari……………………...…….29
2.3 Xulosa…………………………………………………………………..30
III BOBETON BETON QORISHMALARI SIFATINI BAHOLASHDA LABORATORIYA SINOVLARINI O‘TKAZISH.
3.1. Betonning mustahkamligini tekshirishning asosiy usullari.....................................................................................................................37
3.2
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Mamlakatimizda so’nggi yillarda jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qurilish sohasida ham. Yurtimizda olib borilayotgan qurilishlar va undagi o’zgarishlarni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Qurilish sohasini rivojlanishi qurilish materiallariga bog’liqligini inobatga olgan holda, ularni ishlab chiqarish, raqobatbardoshlikni vujudga keltirish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Ushbu qurilish materiallari ichida ko'p ishlatiladigan beton qorishmalari ham kerakli material hisoblanadi. Bino va inshootlarni qurishda, xo’jaliklarda ishlatilishi ushbu materialga qo’yilgan talabning yuqori ekanligini anglatadi. Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, bino inshootlarning uzoq muddatga xizmat qilishida eng asosiy materiallardan biridir. Shuning uchun, beton qorishmalari uchun nazorat qilish masalasi ham keskin o’rinda turishi lozim. Hozirgi vaqtda rivojlanish, diagnostika va nazoratning buzilmaydigan usullarini takomillashtirish turli materiallardan tayyorlangan qurilish konstruksiyalarining sifati, shu jumladan beton qorishma mahsulotlarining mustahkamligini aniqlash masalasi ham dolzarb ilmiy muammodir. Bitiruv amaliy mavzuning maqsadi, qurilishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida beton qorishmalarini sinov laboratiryalarida tekshirishdan iboratdir.
Shu o’rinda, ushbu sohaga qaratilgan qaror, farmonlar ham imzolanib, o’z tasdiqini topmoqda. Qurilish industriyasini rivojlantirish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan qurilish tizimi rivojlanmoqda. Jumladan, 2019-2025 yillarga mo’ljallangan qurilish materiallarini ishlab chiqarishda raqobatbardoshlik, eksport hamda investitsiyalarni jalb qilish, mineral xomashyoni geologik o‘rganish, qazib olish va qayta ishlashda yer qa’ridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni, sanoat va tajriba-sanoat shaklda qazish uchun berilgan konlarda konchilik ishlarini geologik ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.05.2019 yildagi PQ-4335-sonli, “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori imzolandi. Qarorda 2019 ― 2025-yillarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, mahalliy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha prognoz ko’rsatkichlar keltirilgan bo’lib, ulardan ohaktosh – 24 312 ming tonna, tuproqsimon komponentlar – 2 202,2 ming tonna, Kvars qumi – 1 262 ming tonna qum-shag’al – 12 652,6 ming kub m. Ko’chgan tog’ jinslari – 293,5 ming tonnani tashkil qilishi ko’rsatib o’tilgan.
Bilamizki, qurilish materiallari orasida beton qorishmalari keng foydalaniladi. Shu o’rinda, ushbu qurilish materiali o’zida ishonchlilik va mustahkamlik xususiyatlarini mujassam qilishi lozim. Bu esa, xavfsizlikni ta’minlovchi eng asosiy ko’rsatkichlardir. Nazorat qilish uchun beton laboratoriya sinovlariga taqdim etiladi, ular alohida yondashuv va ehtiyotkorlik bilan bajarilishni talab qiladi. Beton qorishmasini standart talablariga muvofiqligini laboratiyta sharoitida sinovlar o’tkazish va ishonchli natija olish bitiruv malakaviy ishning eng asosiy maqsadidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling