Qurilishni boshqarish
Download 0.71 Mb.
|
Diplom ishi 2
Deformatsiya turlari. Betonning deformatsiyasi 2 guruhga: betonga kuch ta’sir etmagan va etgan holatdagi deformatsiyalarga bo’linadi. Kuch ta’sir etmagan holatdagi hajmiy deformatsiya betonni kirishishda yoki atrof muhit ta’sirida issiqlik va namlikninng o’zgarishi natijasida paydo bo’lib, vaqt davomida rivojlanib boradi.
Tashqaridan ta’sir etadigan yuklar kuch deformatsiyasini hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Yuqorida aytilgandek, beton elastik-plastik material hisoblanadi. Beton kichik kuchlanishda ham elastik deformatsiya (tiklash) holatidan tashqari, unda noelastik (plastik) deformatsiya holati ham mavjud bo’ladi. Kuch deformatsiyasi uch turga bo’linadi. - qisqa muddatli yukni bir marotaba yuklashda; - uzoq muddatli yuk ta’sirida; - ko’p karrali yuk ta’sirida; Deformatsiya nazariyasiga ko’ra betonning nisbiy deformatsiyasi, bu betonning absolyut uzayishi (yoki qisqarishi) ni, dastlabki holatidagi o’lchamiga nisbati tushuniladi. Betonning muhim xossalaridan biri uning hajmiy o’zgarishidir. Beton hajmiy o’zgarishiga olib keladigan sabablardan biri kirishishdir (usadka). Kirishish — betonning tabiiy holda qotishishidagi hajmini kichrayishiga aytiladi. Betonni kichrayishiga qotayotgan tsement gelь hajmini kichrayishi va ortiqcha suvni beton tanasidan chiqishi sabab bo’ladi. Kirishish beton yoshiga, tsement miqdoriga, tayyorlash texnologiyasiga, elementning kesim yuzasi va shakliga bog’liq. U dastlabki kunlari juda tez kechadi, keyinchalik asta sekin to’xtaydi. Temirbeton konstruktsiyalaridagi armatura kirishishni ikki martadan ortiq kamaytiradi. Bunga sabab shuki, armatura ko’proq elastiklik moduliga ega va u beton bilan birikib uni erkin deformatsiyalanishiga yo’l qo’ymaydi. Kirishish betonni armatura bilan yanada mahkam tishlashishiga (stsepleniya) sabab bo’ladi, bu albatta ijobiy holdir, ammo betonning turli qatlamlarini har xildagi kirishuvi (yuqori qismida-ko’proq, ichki qismida-kamroq) ichki kuchlanishni yuzaga keltiradi (ichki qatlamlar ustki qatlamini erkin deformatsiyalanishiga qarshilik qiladi, natijada yuzadagi qatlamlarda tortishish kuchi yuzaga keladi). Bu kuchlanishlar betonda mikrobuzilishga olib kelishi mumkin. Mikrobuzilishlar asosan to’ldiruvchi bilan tsement toshi bog’langan sirtlarda paydo bo’ladi, bunday holatni bo’lmagani ma’qul. Shuni ta’kidlash joizki, hajmi katta bo’lgan konstruktsiyalarda kirishish ta’siri ancha sezilarli bo’ladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling