Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet95/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bitik - Lavhul-Mahfuz yoki har bir kishining nomai a'moli.

  1. Yo'q, (kofirlarning) dillari bundan g'aflatdadir. Ular uchun bundan boshqa o'zlari qiluvchi bo'lgan (befoyda) ishlar bordir.


  1. Toki Biz ularning to'q (mag'rur) yashaydiganlarini (biror) azobga giriftor qilganimizda, bexos ular faryod qilurlar.


  1. "Bugun endi faryod qilmangiz! Albatta, sizlarga Biz (tomon)dan yordam berilmas.


  1. (Chunki) sizlarga oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar ortingizga qarab yurgan edingiz.


  1. ("Baytulloh haramidamiz", deb) u bilan mutakabbirlik qilib, tungi suhbatlaringizda (Qur'on xususida) behuda so'zlarni aytar edingizlar".


  1. Axir, ular bu So'zni (Qur'onni) tafakkur qilib ko'rmadilarmi yoki ularga avval o'tgan ota-bobolariga kelmagan narsa keldimi?!


  1. Yoki o'z payg'ambarlarini tanimay uni inkor qiluvchi bo'ldilarmi?!


  1. Yoxud: "Unda (Muhammadda) jinnilik bor", - deydilarmi?! Yo'q! (U) ularga haqiqatni keltirdi. Ularning aksariyati esa, haqiqatni yomon ko'ruvchilardir.


  1. Agar Haq (Alloh) ularning havoyi nafslariga ergashsa edi, albatta, osmonlar, Yer va ulardagi bor jonzot buzilib (halok) bo'lgan bo'lur edi. Yo'q, Biz ular uchun eslatma keltirdik, ular esa, o'zlariga (kelgan) eslatmadan yuz o'giruvchidirlar.


  1. (Ey, Muhammad,) yoki Siz ulardan xarj (haq) so'ramoqdamisiz! Rabbingizning xarji (ajri) yaxshiroqdir. U eng yaxshi rizq beruvchidir!


  1. Albatta, Siz ularni faqat to'g'ri yo'lga da'vat qilursiz.


  1. Oxiratga imon keltirmaydiganlar yo'ldan ozuvchidirlar.


  1. Agar Biz ularga rahm qilsak va ulardagi narsani (qahatchilikni) aritsak, shaksiz, ular yana o'z tug'yonlarida gangib yurishgan bo'lur edilar.


  1. Mana, Biz ularni azobga tutdik. Ular esa na Parvardigorga bo'yin egdilar va na (tavba) tazarru qildilar.


  1. To qachonki, Biz ularga qattiq azob (qahatchilik) eshigini ochib qo'yganimizda esa, bexos ular noumid bo'luvchidirlar.


  1. U (Alloh) sizlar uchun quloq(lar)ni, ko'zlarni va dillarni paydo qilgan zotdir. (Sizlar bunga) juda kam shukr qilursizlar.


  1. U sizlarni yer yuzida (yaratib, so'ngra) taratgan zotdir. Sizlar (qiyomat kuni) Uning huzuriga to'planursizlar.


  1. U tiriltiradigan va o'ldiradigan zotdir. Kecha va kunduzning o'zgarib turishi ham Unga (bog'liq)dir. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!


  1. Yo'q, ular ham xuddi avvalgilar aytgan so'zlarni aytdilar.


  1. Dedilar: "Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanganimizda, yana qayta tiriluvchimizmi?!


  1. Darvoqe, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu va'da qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir!"


  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Agar biluvchi bo'lsangizlar (aytinglar-chi), Yer va undagi bor jonzot kimniki?"


  1. Ular: Albatta, "Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (shundan) eslatma olmaysizlarmi?!"


  1. Ayting: "Yetti osmonning Rabbi hamda ulug' Arshning Rabbi kimdir?"


  1. Ular: "(Bular ham) Allohnikidir",- derlar. Ayting: "Axir qo'rqmaysizlarmi?!"


  1. Ayting: "Agar bilsangizlar (aytinglarchi), barcha narsaning hukmronligi "qo'li"da bo'lgan, o'zi (barchaga) homiylik qiladigan, Unga qarshi homiylik qilinmaydigan zot kimdir?"


  1. Ular: "(Bular ham) Allohnikidir", - derlar. Ayting: "Bas, (unda) nechuk sehrlanmoqdasizlar?!"


  1. Yo'q! Biz ularga (qayta tirilishlari haqidagi) haqiqatni keltirdik. Ular esa hanuz yolg'onchidirlar.


  1. Alloh farzand tutgan emas va U bilan birga biror iloh bo'lgan emasdir. Aks holda, albatta, har bir iloh o'zi yaratgan narsa bilan ketib, bir-biridan ustun bo'lib olur edilar (natijada Yeru osmon buzilib ketgan bo'lur edi). Alloh ular aytayotgan sifatlardan pokdir.


  1. U maxfiy (sir) va oshkora (gap va ishlar)ni biluvchidir. Bas, keltirayotgan shirklaridan U oliy (pok)dir.


  1. Ayting: "Ey, Rabbim, menga (kofirlarga) va'da qilinayotgan narsa (azob)ni, ko'rsatsangchi?!


  1. Ey, Rabbim! (o'shanda) meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin!"


  1. Albatta, Biz ularga va'da qilayotgan narsa (azob)ni Sizga ko'rsatishga qodirdirmiz.


  1. Siz (ular qilayotgan) yomonlikni go'zal (so'zlar) bilan daf eting! Biz ular sifatlayotgan narsani yaxshi biluvchidirmiz.


  1. Ayting: "Ey, Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so'rayman.


  1. Yana men Sendan ey, Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh so'rayman".


  1. Toki ulardan (mushriklardan) birortasiga o'lim kelganida: "Ey, Rabbim! Meni (yana hayotga) qaytaringlar.

Izoh: Bu yerdagi iltijoda Allohga ko'plik lafzini ishlatishlik Uni birdan ko'p deyish uchun emas, balki mubolag'a uchun ko'p marta "Alloh" lafzini aytish o'rnida ishlatishdir.

  1. Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam", - der. Yo'q! (U aslo qaytarilmas). Bu haqiqatan u aytuvchisi bo'lgan so'zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, (ikki dunyo o'rtasini to'sib turadigan) bir to'siq bordir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling