Qxmt” kafedrasi “qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashva qayta ishlash texnologiyasi” fanidan


II bob. Olmaning navlari va uni yig’ib terib olish jarayoni


Download 0.49 Mb.
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1540087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
olma qadoqlash

II bob. Olmaning navlari va uni yig’ib terib olish jarayoni
2.1. Olma sharbati ishlab chiqarish texnologiyasi

Olma (Malus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub, barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi; urugʻli meva daraxti. Shimoliy va janubiy yarim sharning mo'tadil mintaqalarida olmaning 25— 30 turi, jumladan, Oʻrta va Sharqiy Osiyo, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 10 turi tarqalgan. Ekiladigan mevali daraxtlar orasida maydoni jihatidan birinchi oʻrinda turadi. Yalpi olma hosili boʻyicha AQSH (4,8 mln. t), Xitoy (22,01 mln. t) oldingi oʻrinlarda turadi (1999). Jahon boʻyicha yalpi hosili 60,2 mln. t ni tashkil etadi (1999). Oʻzbekistonda —0,4 mln. t. AQSH, Chili, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya, Fransiya, Italiya mamlakatlarida olmazorlar katta maydonlarni egallaydi. Shuningdek Oʻzbekistonda 2017-2019-yillarda uzumni keyingi eng koʻp yetishtirilgan meva hisoblanadi.[1] Oʻzbekistonda 8 turi yovvoyi holda uchraydi (qarang yovvoyi olma). Dunyo boʻyicha yetishtiriladigan navlarining asosiy qismi xonaki olma turiga kiradi. Past boʻyli olma turiga kiradigan dusen va paradizkadan mevachilikda payvandtag sifatida foydalaniladi. Olma sovuqqa chidamli, yorugʻsevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi. Olma daraxti boʻyi 15 m gacha boradi. Yaponiyada oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki,qishda ekilgan „Fuji“ olmalari mart oyining oxirida ildiz oʻsishi kuzatilgan. [2] 


Oʻzbekistonda olma aprel oyida gullaydi. Guli 5 boʻlakli, gultojibargi oq, pushti, ayrimlari qizil. Mevasi, naviga qarab, iyun— oktabrda pishadi. Bir dona mevasi vazni 15 g dan 400 g gacha boradi. Tarkibida (%) fruktoza 6,5—11,8, saxaroza 2,5—5,5, organik (olma va limon) kislotalar 0,2— 1,6, vitamin S 5-30 mg, pektin, oshlovchi moddalar va boshqa mavjud. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva, murabbo, jem qilinadi. Olma urugʻidan hamda payvandlash, parxish qilish yoʻli bilan ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Hosildorligi 130—300 s/ga. Daraxti 100 yilgacha yashaydi. Odatda, bogʻga oʻtqazilganidan keyin 4 yil oʻtgach, hosilga kiradi. 40—50 yil moʻl hosil beradi. Koʻchati kuzda va bahorda 30—60 sm chuqurlikda haydalgan yerga ekiladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurga 5-6 kg chirigan goʻng, 150 g ammiakli selitra, 200 g superfosfat tuproqqa aralashtirib solinadi. Koʻchatlar 8×8m, 8x6 m, past boʻyli payvandtaglarga ulanganlari 4x6 m, 3X5 m, 4x4 m sxemada ekiladi. Yosh daraxtlar 8—12-marta, hosilga kirganlari 4—6-marta sugʻoriladi, tup va qator oralari yumshatib turiladi. Hosilga kirgan olmazor gektariga har uch yilda 20—40 t chirigan goʻng va har yili sof holda 120 kg azot, 60-90 kg fosfor, 30 kg kaliy hisobidan oʻgʻitlanadi. Daraxtlar har yili kuzda va bahorda butaladi (qarang butash, daraxtlarga shakl berish). Oʻrta Osiyoda ekiladigan olma navlari kelib chiqishi boʻyicha quyidagi guruhlarga boʻlinadi: xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan Oʻrta Osiyo mahalliy navlari — oq olma, qizil olma, Samarqand olmasi, Namangan olmasi, achchiq olma, qimizak olma, Xorazm olmalari guruhi va boshqa olma


ning mahalliy navlari Oʻzbekistonning tuproqqiklim sharoitiga moslashgan, issiqqa, sovuqqa chidamli. Mevasi shirin, ertapishar; Gʻarbiy Yevropa, Amerika, AQSH navlari — Rozmarin, Mantuaner, Starkrimson, Skarlet, Parmen. Vaynsep va Golden Delishes, Delishes, Jonatan, Borovinka; Ukraina navi — Renet Simerenko; Qrim navlariq kandil, sari sinapo(Olmaning bu guruh navlari Oʻzbekistonga dastlaXIX 9-asr 2-yarmidan boshlab, Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin, ruslar tomonidan, soʻngrXX 0-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻzbekistondagi ilmiy tadqiqot muassasalari tavsiyasi bilan kl-tirilgan). Shreder nomidagb Bogʻdorchilik, uzumchilik v a vinochilik ilmiy tadqiqot instituti seleksionerlari yetishtirgan yangi navlar — Samarqand aʼlosi; Afrosiyoi, — hosildor, Toshkent borovinkasi, Mehmoniy, Tilla olma, Nafis va boshqb Bu navlar hosildor, mevasi mahalliy sharoitga moslashgan, koʻrinishi chiroyli, mazali; sovuqqa va issiqqa chidamli.
Sharbat — yangi uzilgan va terilgan meva, rezavor mevalar hamda sabzavotlardan siqib olinadigan shirali suyuqlik, meva suvi. Sharbatdan vino, shinni, marmelad, patoka va boshqa shirinliklar ishlab chiqariladi. Qaynatib, konservalangan holda yoki bevosita isteʼmol qilish mumkin boʻlgan toʻyimli, shifobaxsh, parhez ichimlik hisoblanadi. Eng koʻp isteʼmol qilinadigani — uzum, olma, olcha, olxoʻri va pomidor sharbatlaridir. Uzum harbati tarkibida 15% quruq modda (shu jumladan, 13,2% uglevodlar), 3,5 mg% S vitamini, 0,12% karotin, shuningdek, V va R vitaminlari va kaliy tuzlari bor, nordonligi 0,2 %; pomidor sharbati tarkibida 3% uglevodlar, 0,8% oqsil, 15 mg% S vitamini, 0,5 mg% karotin, Vr V2, RR vitaminlari, mineral tuzlar bor.
Ular ushbu kasallik inson turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, antioksidant tarkibi yuqori bo‘lgan olma sharbati astma alomatlarini kamaytirishda samarali vosita ekanini ilgari surmoqda.
Professor Nariman Inanch astmaning davom etayotgan yallig‘lanish natijasida nafas yo‘llarining o‘ta sezgir bo‘lishiga va ba’zi omillar tufayli vaqti-vaqti bilan torayib ketishiga sabab bo‘ladigan kasallik ekanini aytdi. Shuningdek, astmaga chalingan odamlar antioksidant vitaminlarni iste’mol qilishi zarur ekanini ta’kidlab, bunday vitamin va minerallar astma chastotasini kamaytirishini ta’kidladi.
"Olma sharbatining nafas qisishi va astma belgilariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olgan holda astma bilan og‘rigan odamlarga diyetaning bir qismi sifatida har kuni bir stakan olma sharbati iste’mol qilish tavsiya etiladi", deydi.
Meva sharbati tarkibidagi vitaminlar, minerallar va flavonoidlar immunitet tizimini himoya qilishiga e’tibor qaratgan Inanch uning astmadan tashqari ba’zi saraton turlari va yurak kasallilkariga qarshi samarali himoya vositasi ekanini ham ta’kidladi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling