Raqamli iqtisodiyot va axborot tenologiyalari


 Mavzuga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar sharhi


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/40
Sana19.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1625879
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
Tayyor. Manzura dissertatsiyasi.12

1.2. Mavzuga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar sharhi 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022–2026 
yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida” gi 
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida 
quyidagilar ta`kidlab o`tildi: 


30 
“Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya 
siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk 
daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni 
tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan 
choralar ko‘rildi”
6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2022-yildagi PF-287-son 
Farmoni 3-bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan: 
a) umumiy belgilangan shartlar doirasida 4 va 5-toifadagi tumanlarda 
ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik 
subyektlariga: 
 tijorat banklarining kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan 
oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan 
qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi; 
 tijorat banklari kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 
milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi; 
b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan 
holda, ular avval olgan kreditlari bo‘yicha mazkur Jamg‘arma kafilligidan 
foydalanayotgan bo‘lishidan qat’i nazar qo‘shimcha kreditlar bo‘yicha belgilangan 
umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi. 
Ma'lumotlarni olish va adabiyotlarga sharx bеrish bilan, tadqiqotchi o`z fikriga 
ega bo`ladi hamda asoslangan ma'lumotlar asosida amalga oshirmoqchi bo`lgan 
tadqiqotni amalga oshiradi. Tadqiqotni nufuzi uni qay darajada nazariy va amaliy 
asoslanganligi bilan xaraktеrlanadi. Bu o`z–o`zidan tadqoqotchidan tadqiqot 
ohirigacha mavzu bo`yicha doimiy tarzda izlanishlar olib borish va ma'lumotlarni 
olib tahlil qilib borishni taqozo etadi. Shu sababli zamonaviy tadqiqot ishida 
adabiyotlar shahriga bir bob ajratilgan. 
6
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son “2022 — 2026 
yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” Farmoni. Toshkent sh., 
2023 yil. 


31 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling