Raqamli iqtisodiyot va axborot tenologiyalari


Tadqiqotni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana19.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1625879
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
Tayyor. Manzura dissertatsiyasi.12

2.4. Tadqiqotni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar 
Tadqiqot mavzusi yuzasidan rivojlangan mamlakatlar tajribasini o`rganish 
imkoniyatlarining mavjudligi, kopxonada mijozlarga xizmat ko`rsatish jarayonini 
o`rganish to`g`risidagi ma'lumotlarni olib o`rganish va ularni tahlil qilish 
imkoniyatlari bo`lishi. Buning uchun “AFALINA” ma'suliyati chеklangan jamiyati 
ma'lumotlari kеrak bo`ladi. 


33 
2.5. Tadqiqot jarayonida kutilayotgan muammolar va ularning yechimi 
Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi korxonada mijozlarga xizmat ko‘rsatish 
jarayonini 
rivojlantirishda 
marketing 
axborot 
tizimlaridan 
foydalanish 
samaradorligini oshirishda CRM tizimlarini joriy etishning nazariy asoslarini 
aniqlash va uni shakllantirish yo`nalishlarini ishlab chiqishdan iborat. 
Tadqiqot mavzusidagi masala korxonada mijozlarga xizmat ko‘rsatish 
jarayonini 
rivojlantirishda 
marketing 
axborot 
tizimlaridan 
foydalanish 
samaradorligini oshirish yo‘llarini amalga oshirishda CRM tizimlarini qo`llash 
brasida xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, mavzuga ijodiy yondashib, 
ko`proq birlamchi ma'lumotlarga tayanib tahlil qilinadi.
2.6. Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy va amaliy natijalar 
Tadqiqot natijasiga ko`ra, korxonada mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini 
rivojlantirishda marketing axborot tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish 
yo‘llarini amalga oshirish uchun CRM tizimlaridan foydalanish imkoniyati 
yuqoriligi tahlil qilindi. 
Ushbu tadbirlar nеgizida CRM tizimini korxonaga qo`llab korxonaning 
mijozlarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish hamda marketing axborot tizimlaridan 
foydalanib tezkor qaror qabul qilish hamda tahlil qilish imkiniyati ortishi yotadi. 
CRM – bu ingliz tilidagi Customer Relationship Management so'zlarining bosh 
harflaridan tashkil topgan bu qisqa atama o'zbek tilida Mijozlar bilan munosabat 
boshqaruvi, degan ma'noni anglatadi. O'z nomi aytib turganidek, mijozlar bilan 
munosabatni boshqaradigan tizim sotuvchi va haridor, ishlab chiqaruvchi va 
iste'molchi, xizmat ko'rsatuvchi va undan foydalanuvchi o'rtasidagi har qanday 
aloqaga oid ma'lumotlarni boshqaradi. 
CRM – bu kompyuter dasturi bo’lib, o’zbek tilida mijozlarni boshqarish 
ma’nosini beradi. U mijozlaringiz bilan kechgan suhbatlarni yozib boradi. Odamlar 
CRM nima ekanligini tushuntirganda odatda kontaktlarni boshqarish, sotuvni 
boshqarish, agentlarning samaradorligi va boshqa biznes jarayonlarni tartiblashni 
nazarda tutadilar. CRMning maqsadlari oddiy: biznesingizni rivojlantirish uchun 


34 
mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash, ular bilan doimiy aloqada bo’lishga, 
jarayonlarni sodda va tez kechishiga yordam berish. 
Mijozlar bilan munosabatni boshqarish tizimi yordamida sotuvchi/ishlab 
chiqaruvchi/xizmat ko'rsatuvchi tomon quyidagi qulayliklarga ega bo'lishi mumkin: 
 
Qaysi mahsulotga talab ko'proq bo'layotganini bilish; 
 
Iste'molchi xizmat/mahsulotga qanday munosabatdaligini o'rganish; 
 
Muammolar yechimini xalq qay usulda ko'rayotganini kuzatish; 
 
O'tgan savdolar natijasi bilan tanishish; 
 
Kelajakdagi foydani bashorat qilish; 
 
O'tgan va kelasi xarajatlar/foydalarni solishtirish; 
 
Strategiyani osonlik bilan o'zgartirish; 
 
Hodimlar samaradorligini nazorat qilish; 
 
Iste'molchilar uchun har doim yaqin bo'lish. 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling