Raqamli iqtisodiyot va axborot tenologiyalari


CRM xususiyatlarini ko`rib chiqamiz


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/40
Sana19.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1625879
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
Tayyor. Manzura dissertatsiyasi.12

CRM xususiyatlarini ko`rib chiqamiz: 
Tadqiqot olib borayotgan korxonamizni olamiz korxona mijozlariga 
avtomoshina tuzatish hamda extiyot qismlarini sotadi. Korxona egasi o'z mijozlari 
haqida ko'proq o'rganishni istaydi. Uning fikricha, mijozlar bilan yaqin aloqalar 
o'rnatish orqali mahsulotlarini yanada ko'proq sotish va kattaroq daromadga ega 
bo'lish mumkin. Bunday masalalarni xal qilish uchun CRM tizimi ishlab chiqilgan. 
U internetda ishlaydi va korxonalarning rasmiy saytiga juda yaxshi integratsiya 
qilingan. Bu tizimda hamma imkoniyatlar bor va unda korxonaning imkon qadar 
barcha mijozlari haqida ma'lumot yig'ib boriladi.
Bog'lanish ma'lumotlari. Bu o'ta muhim qism. Mijozlarning telefon 
raqamlari, email manzillari, uy manzillari, ishxona manzillari bazada yig'ib boriladi. 
Ularni qanday qilib olish mumkin? korxona saytida maxsus so'rovnoma ochib, 
istovchilardan ma'lumotlarni yig'adi. Evaziga do'konda chegirma tizimi joriy 
qiligan: anketa to'ldirganlar uchun maxsus narxlar! Facebook sahifasida ham like 
bosganlar, postlarga fikr bildirganlar, korxona bilan qiziqqanlar haqida 
so'rovnomalar orqali imkon qadar ko'proq ma'lumot yig'iladi. Do'konga kelgan 
mijozlarga esa tezkor anketa to'ldirish taklif etiladi va ularga bu ma'lumotlar xizmat 
sifatini yaxshilash, kelajakda korxona yangiliklaridan tezkor xabardor qilish uchun 
ekanligi tushuntiriladi. Qimmatli ma'lumotlar uchun esa albatta chegirmalar amalga 
oshiriladi. 


37 
Korxona bazasida vaqt o'tgan sari 10 mingga yaqin email, telefon raqam 
yig'iladi. Keyinchalik do'kon bu ma'lumotlar yordamida mijozlar bilan aloqa 
o'rnatadi. Har bir kishiga shaxsiy email yuboriladi. SMSlar ham huddi shu tarzda. 
Tug'ilgan kun yoki maxsus bayram munosabati bilan uyga / ishxonaga yuboriladigan 
tabrik maktubi yoki kichik sovg'a esa korxona uchun eng qimmat reklamadan ham 
ko'proq natija keltirishi mumkin. 
Mijoz talabi. Korxona imkon qadar kim qanaqa mahsulot sotib olayotganini 
o'rganadi. Buni online yoki telefon orqali amalga oshirilgan buyurtmalarda kim 
buyurtma berayotganligiga qarab aniqlab olish oson. Ammo do'konga kelib harid 
qiladiganlar haridini kuzatish bir oz mushkul bo'lishi mumkin. Doimiy mijozlarga 
maxsus vaucher kodi yoki chegirma kartochkasi berish orqali arzimagan chegirma 
evaziga qimmatli ma'lumotni yig'ish mumkin. «Bu chegirma kartamiz, keyingi 
marta kelganingizda undan foydalansangiz, quyidagi mahsulotlarimizni chegirma 
asosida olishingiz mumkin», deyilsa bas! Kartochkadagi takrorlanmas raqam va 
undagi qo'shimcha kiritiladigan ma'lumotlar orqali kim nima harid qilayotganini 
aniqlab olish mumkin. 
Vaqt o'tgan sari kim qaysi mahsulotni ko'proq sotib olayapti, kimga nima 
yoqadi – bilib olish mumkin! Bu orqali aynan shu mijozga yoqadigan, maxsus 
yo'naltirilgan reklamalar tayyorlash mumkin. Masalan, avtomashina moylari uchun 
chegirma boshlanganda ko'proq avtomashina moylarini harid qilganlarga SMS va 
email orqali xabar yuboriladi. 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling