Rashid zohid
Download 0.83 Mb.
|
QO\'LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matnshunoslik – qadim
Matnshunoslik faoliyati. “Matnshunoslik” atamasini bugungi o‘zbek filologiyasi aspektida quyidagi malaka turlari bilan izohlash mumkin:
arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvidagi qadim adabiy qo‘lyozma matnlarni o‘qish va tushunish; nusxalararo o‘zaro qiyoslash malakasini hosil qilish; asliyat asosida saralangan matnni joriy alifboda taqdim etish qoidalaridan xabardor bo‘lish; asliyatni matn doirasida izohlash va keng sharhlash salohiyatiga ega bo‘lish. Demak “matnshunoslik” atamasining istilohiy ma’nosi6 yuqorida sanalgan faoliyat turlarini o‘zlashtirish bilan belgilanadi. Matnshunoslik tushunchasi izohini “bugungi o‘zbek filologiyasi aspektida” deb chegaralashimizdan maqsad turli fan sohalarida bu tushuncha fanning xususiyatidan kelib chiqib, turlicha ta’riflanishi mumkin. SHu ehtimolning oldini olib izoh mazkur doirada chegaralandi. Umumiy ma’noda izohlangan o‘rinlar oydinlashib, chegaralar aniq bo‘lgach, endi “matnshunoslik”ka bir butun istiloh sifatida shunday ta’rif berishimiz mumkin: “Matnshunoslik – qadim (va zamonaviy) qo‘lyozma adabiy manbalarni asliyat asosida tizimli tadqiq qilish va nashrga tayyorlash qoidalarini o‘rgatadigan fandir”. Manbashunoslik va matnshunoslik malakasi. Qadim qo‘lyozma merosimiz manbalari ustida ish olib borish malakasini shakllantirish manbashunoslik va matnshunoslik yo‘nalishidagi quyidagi vazifalarni ado etish bilan belgilanadi: - nazariy-amaliy jihatdan til malakasini egallash; - adabiy manbashunoslik va matnshunoslik asoslarining tushunchaviy apparati7dan xabardor bo‘lish; - X-XX asr oralig‘ida yaratilgan adabiy manbalarning o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq jihatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish; - “matnshunoslikning bosh masalasi – matn tarixini tiklash” konseptini nazariy va amaliy jihatdan anglash; - matnni kompleks tadqiq etish qoidalarini o‘zlashtirish; - matnning “muqaddima” va “ilmiy apparat”dagi izohini shakllantirish mezonlarini bilish. Nazariy-amaliy jihatdan til malakasini egallash – arab yozuvi va xat turlaridan xabardor bo‘lish, eski o‘zbek yozuvi va tilining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, isloh qilingan eski o‘zbek yozuvini o‘qib bilish kabi malakalarni o‘z ichiga oladi. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik asoslarining tushunchaviy apparatini fanning terminologik lug‘atlari tashkil qiladi. Adabiy manbalarning o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq jihatlar manbashunoslik sohasining tadqiq ob’ekti bo‘lib, bunda X-XI asrda yaratilgan qadim turkiy manbalardan to XX asr boshigacha chop etilgan matbuot materiallarini o‘z ichiga olgan adabiy manbalarning o‘zaro ta’sir munosabatiga qurilgan genezisi o‘rganiladi. Qo‘lyozma manbaning dastlab yozilgan davridan to so‘nggi nashrgacha davom etgan matn tarixini tiklash mumtoz adabiy manba ilmiy nashrining ishonchli va har tomonlama mukammalligini belgilaydi. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikda “editsion filologiya”8 deya e’tirof etilgan fanning yo‘nalishi ayni maqsadga qaratilgan. Matnni kompleks tadqiq etish matn tarixining ajralmas qismi hisoblangan muallif va asar biografiyasini o‘rganishga qaratiladi. Bu o‘rinda “biografiya” so‘zi nafaqat tarjimai hol ma’nosida, balki yanada qamrovliroq tarzda – adibning maslagi va adabiy salohiyatini o‘rganish, adabiy merosi manbalarini genezis nuqtai nazaridan tadqiq etishdan iborat. Qoidaga ko‘ra, ilmiy istifodaga kiritilayotgan har qanday adabiy manba tadqiqotchining ilmiy izohiga muhtoj bo‘ladi. Fanga noma’lum qo‘lyozma yoki toshbosma manba jiddiy matnshunoslik tadqiqidan so‘ng joriy alifboda jamoatchilikka taqdim qilinadi. Xoh u yig‘ma matn, xoh ilmiy-tanqidiy matn bo‘lsin, kitob avvalida matn tuzish natijalari, matnshunoslik jarayonidagi muhim o‘rinlar, shartli qisqartma va tavsiyalar to‘la aks etgan “muqaddima” bo‘lishi kerak. Matnga tuzilgan ilmiy ko‘rsatkichlar asosan umumiy mezonga bo‘ysungan holda, ba’zan asar xarakteridan kelib chiqib individual tarzda shakllantiriladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling