Rashid zohid


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.83 Mb.
bet7/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. “Bu soha filologiyaning ibtidosini boshlab beruvchi asosiy qism” deganda nimani tushunasiz?
2. “Ilmiy istifoda” atamasini izohlang.
3. “Matnshunoslik” atamasi nima uchun faoliyat turlari bilan izohlandi?
4. Adabiy manbalarning o‘zaro ta’siri haqida mustaqil fikringizni bayon eting.
5. Ilmiy apparat nima uchun tuziladi?
Mavzu: Matnshunoslikning filologik fanlar bilan aloqasi
Reja:
1. Matnshunoslikning adabiyot tarixi va adabiyotshunoslikdagi o‘rni
2. Matnshunoslik va tilshunoslikning tutash nuqtalari
3. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning bir butun hodisa sifatidagi bog‘liqligi


Tayanch ibora va tushunchalar: ma’lumotlar resursi, ko‘p nusxali qo‘lyozma matn, arxitep nusxa, belgilovchi atribut, kon’ektura, adabiy manbalar reesteri, adabiy manbalar to‘la katalogi.


Matnshunoslikning adabiyot tarixi va adabiyotshunoslikdagi o‘rni. Filologiyaning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan adabiy manbashunoslik va matnshunoslik fani adabiyotshunoslik va tilshunoslik sohasining nazariy masalalari, tadqiq usullari bilan chambarchas bog‘liqdir. Mumtoz o‘zbek adabiyoti tarixida o‘rganiladigan mavzularning ma’lumotlar resursi, ta’bir joiz bo‘lsa, “xom-ashyo”si manbashunoslik va matnshunoslik faoliyatida yuzaga chiqqan natijalar asosida shakllanadi. Masalan, noma’lum bir adibning yaxlit tarjimai holini tiklash, adabiy merosini adabiyotshunoslik yo‘nalishida tadqiq qilish uchun birlamchi manbalardagi ma’lumotlarga suyaniladi.
Adabiyot tarixida muayyan muallif, uning adabiy merosi haqida so‘z yuritilar ekan, bunda muallif yashagan davr va o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, bu munosabatlarning o‘rganilayotgan sub’ektga, ayni paytda sub’ektning ob’ektga, bir so‘z bilan aytganda adabiyot bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Adabiy oqim, adabiy maktablarning vujudga kelish omillari, shakllanish bosqichlari, adabiyotni davrlashtirish masalalari adabiyot tarixining mavzularidir.
Matnshunoslik tadqiqida ham manbani o‘zi yaratilgan davr tarixidan uzmasdan o‘rganish prinsipi mavjud bo‘lsa-da, bu jihat asosiy e’tibordagi masala emas. Matnshunos uchun eng muhim predmet – matn, asosiy maqsad – ishonchli matnni tiklash. U mana shu predmet atrofida, mana shu maqsad yo‘lidagina tarixga murojaat qiladi. YA’ni, matn asliyatini tiklashda tarixga matn nuqtai nazaridan e’tibor qaratadi. Masalan, ko‘p nusxali qo‘lyozma matnlar o‘zaro qiyoslanar ekan, matn aniqligini tiklashga xizmat qiladigan tarixiy ma’lumotlardan foydalaniladi. Qadimiy matnda o‘chib ketgan so‘zning haqiqatiga etish yoki turlicha o‘qilishi mumkin bo‘lgan so‘zning aslini topish, shu asosda umummatnning arxitep nusxaga muvofiqligini saqlash uchun tarixiy manbashunoslikka ekskurs qilinadi.
Adabiyotshunos olim matnshunoslik ilmidan qanchalik xabardor bo‘lsa, ixtisosligi shunchalik mukammal bo‘ladi. Muayyan asar, xususan, mumtoz adabiy manbani nazariy jihatdan o‘rganish, matnni turli tadqiq metodlari orqali tekshirish, tanqidiy baholash asliyatga asoslangan ilmiy-tanqidiy matnga suyanib olib borilsa, jarayonda ilmiy-tanqidiy matnning ilmiy apparatidan unumli foydalanilsa, asar yuzasidan taqdim qilinadigan nazariy xulosalar asos e’tibori bilan baquvvat bo‘ladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling