Rashid zohid
Matnshunoslik va tilshunoslikning tutash nuqtalari
Download 0.83 Mb.
|
QO\'LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- “اثبات المسألة بدليلها”
Matnshunoslik va tilshunoslikning tutash nuqtalari. Matnshunoslik ilmida matn tahqiqi degan tushuncha mavjud. “Tahqiq” so‘zi haqiqatni yuzaga chiqarish; isbotlash; qarorlashtirish kabi lug‘aviy ma’nolarga ega.9 Aliy Muhammadsharif Jurjoniyning “Kitobut ta’rifot” asarida esa shunday ta’riflangan: “اثبات المسألة بدليلها” ya’ni: “Masalani dalili bilan isbotlash”. Adabiy manbalar matnshunosligida matn tahqiqi istilohi qo‘lyozma matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning haqiqatda muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashdan iborat jarayonni ifodalaydi.
Ayni tabiati bilan matnshunoslik adabiyotshunoslikdan ko‘ra tilshunoslikka yaqinroq sohadir. Adabiyotshunoslik, xossatan, adabiy tanqid matndan ko‘ra matn ortidagi olam xususida bahs yuritadi. SHunga ko‘ra, tafakkur, talqin, tavsif, xayol kabi mantiqiy dalillarni bu sohaning belgilovchi atributlari deyishimiz mumkin. Matnshunoslikning bahs maydoni – matn, tilshunoslikda esa – matn bilan matnni tashkil qiluvchi birliklar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish. Demak, matnshunoslik va tilshunoslik uchun birlamchi hodisa – matn va matnni tashkil qiluvchi birliklar bo‘lib, ular mantiqiy dalillarning mahsuli emas. Balki, matn suvrat holida tabiiy mavjuddir. SHu jumladan, matnni tashkil qiluvchi birlik – so‘zlarning lug‘aviy, qisman istilohiy ma’nolari ham mantiqiy dalillash natijasi emas, balki tabiiy barqarorlashgan ta’riflardir. Albatta, matnshunoslikda qo‘lyozmadagi o‘chib ketgan so‘z yoki kotiblarning e’tiborsizligi bilan xato ko‘chirilgan o‘rinlarni mantiqiy dalillar bilan isloh qilish – kon’ektura usuli mavjud.10 Lekin kon’ektura usuli matnni tiklash uchun xizmat qiladi, tiklangan matn ortidagi hodisalar (adabiyotshunoslik tadqiqi) bilan uning aloqasi yo‘q. YUqorida aytilganlardan ma’lum bo‘ldiki, matnshunoslik ilmidagi matn tahqiqi xarakteriga ko‘ra tilshunoslik tadqiqiga yondosh jarayon. SHu bilan birga u fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya kabi tilshunoslikning amaliy jabhalari bilan ham bog‘liq holda faoliyat olib boradi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling