Reja: Asosiy operatsiyalar va sikllar


MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHDAGI BOSH SIKLLAR =


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1550943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
5-ma’ruza (2)

MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHDAGI BOSH SIKLLAR = 
BURG’ILASH + PORTLATISH + YUKLASH + TASHISH 


 
Burg‘ilash va tog‘ jinsiga kirib borish 
Tog‘ jinsini maydalash 
Katta hajmdagi jinsni hosil bo‘lishi, massivdan ajratib olish va ozod qilish tog‘ 
jinsini maydalash deyiladi. Eramizdan oldinga davrlarda odam toshni olov bilan 
qizitiv va suv bilan sovutish orqali sindirish usulini qo‘llab tarixda katta qadam 
tashlagan, bu tog‘ jinsining mustahkamligini yengish uchun termik usulda ishlov 
berishning dono usuli edi. (1.3bo‘limga qarang). Odamlar tomonidan portlovchi 
moddalarning topilishi va ularni tog‘ jinsini portlatish uchun ishlatish orqali, u 
mo‘jizaviy energiya manbaini topdi va bu bilan barcha davrlardan kon qazib olish 
sanoatida yuksak texnik rivojlanishni amalga oshirdi. Tog‘ jinslarining mexanikasini 
bilmay turib, odam energiya bilan tog‘ jinsini buzishga yetarli bo‘lgan miqdorni 
aniqlash va konsentratsiyalashga ulguradi. 
Qiziq, insoniyatning boshlang‘ich davrida birinchi bo‘lib foydali qazilmalarni 
qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tosh bilan ishlash imkoniyatini namoyon 
etgan. Toshdan yasalgan uchli qurolning paydo bo‘lishi bilan odam toshni turli 
usullar bilan bo‘laklash va shakl berishga qodirligini namoyon qildi. Ma’lum 
maqsadga qaratilgan va yig‘ilgan energiyani jins mustahkamligini yengib
parchalash, sayqal berish va h.k. larga sarflagan. Qadimgi ustalar tog‘ jinslarining 
mexanikasini tushunmay turib, siljish va cho‘kishdagi kuchlarning toshni kuchsiz, 
mo‘rt bo‘laklaridan piska, nayza va oxir oqibat o‘qning uchliklari sifatida 
qo‘llanishni o‘rgandilar. 
Hozirgi kunda qazishda qadimgi tayanch usullar bilan ishlab chiqarish sikli va 
qayta ishlashning asosiy elementlari ishlatiladi. Bu o‘n yettinchi asrda qazib olish 
sikliga portlatish ishlarini qo‘llash orqali amalga oshirilgan, biroq XIX va XX larda 
yangi mashina va jarayonlarini qo‘llash ishlab chiqishning takomillashtirish 
cho‘qqisi bo‘ldi. Qazib olish ishlari mexanizatsiyalashdi, shu bilan birga 
energiyaning katta miqdorini ishlatish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga 
imkon berishi tan olindi.
3
Umuman, kon qazish sanoatida jinsni yumshatishning ikki xil usuli amalga 
oshiriladi. Jinsning ichiga yo‘naltirilgan teshik (burg‘ilash, kesish, maydalash) yoki 
profil mexanik, ba’zan gidravlik yo termik usulda shakllantiriladi (1) va uncha katta 
bo‘lmagan lahim o‘tishda (2) tayyor konni yoki shaxtani ochishga kerakli o‘lcham 
va shaklda mineral mahsulotni (3) ajratish uchun yo‘naltiriladi. Tog‘ jinslarini 
maydalashdan farq qilib, katta hajmdagi mahsulotni portlatish ishlarida kimyoviy 
energiya, shuningdek energiyaning mexanik, gidravlik va boshqa turlarini qo‘llab 
3
Howar L. Hartman. Introductory mining engineering. P.113. 


kuchsizlantirishga harakat qilinadi. Toshni sindirishga qodir bir qator o‘xshash 
asosiy mexanizmlar orqali energiya berish orqali parchalash va kirish keng 
miqiyosda qo‘llaniladi.
Kerakli o‘lcham va shakldagi toshni tayyorlashda toshning bog‘lanish 
kuchlarini yengish uchun energiyani yig‘ish va yo‘naltirish hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Shunday qilib, toshni qazib olish jarayonlari vaqt o‘tishi bilan tezroq va 
samaraliroq boradi. Tog‘ jinslarining mexanikasi nuqtai nazaridan toshning ichiga 
kirish va parchalash uchun biz dinamik kuchlarni ishlatamiz. Tog‘ jinsilari 
mexanikasi termilarida, maydalash va ajratish jarayonida biz dinamik yuklash 
(tushirib qazishdan farqli ravishda, statik yuklashdan yuqorioq)ni aniqladik – unga 
ko‘ra portlatish dinamik maydalash jarayoniga nisbatan burg‘ilash jarayoni 
kichikroq magnitutada maydalaydi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling