Reja: Asosiy operatsiyalar va sikllar
Jinsning ichiga kirish mexanikasi
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
5-ma’ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burg‘ilash samaradorligini ta’sir qiluvchi omillar.
Jinsning ichiga kirish mexanikasi. Ilgari aytib o‘tilganidek zarbaning asosan
ikki usuli –mexanik va aylanma usuli mavjud.Ularning o‘zaro ta’siri energiya uzatish samaradorligini va parchalanish jarayoni xarakterini ifodalaydi. Burg‘ilash jarayonida toshni bo‘laklarga ajralishini keltirib chiqarish uchun dastgohning kuchi toshning mustahkamligidan katta bo‘lishi kerak. Toshning ichiga kirishga qarshilik kuchi mustahkamlikka burg‘ilash deyiladi. Bu empirik (o‘ziga xos ) xususiyati bo‘lib, mustahkamlikning istalgan boshqa ma’lum parametrlari bilan ekvivalent emas. Undan tashqari dastgoh yordamida hosil qilingan kuchlanganlik maydoni shunday yo‘naltirilishi kerakki, u kerakli shakl va o‘lchamdagi teshik ko‘rinishida jinsning ichiga kirishni ta’minlasin. Bu kuchlanganlik statik xarakterga ega, chunki burg‘ilash jarayonida uncha katta bo‘lmagan kuchlar ishlatiladi. Turli usullar – zarbli, aykanma va ularning birlashgan usullari 4.1.-rasmda keltirilgan. Parma bilan kesish natijalari juda o‘xshash bo‘lib, har qaysi holatda maydalash va parchalash fazalarining galma - gal almashishida sodir bo‘ladi. Zarbli burg‘ilashda maydalash ustunlik qilsa, aylanma burg‘ulashda tegishli, bur’gu qo‘shilsa duragay ustunlik qiladi va aralash usulda esa ikkalasi ham ustnlikka ega. Burg‘ilash samaradorligini ta’sir qiluvchi omillar. Burg‘ilash jarayonida jinsning ichiga o‘yib kirish va maydalngan jismlarni chetlashtirish burg‘ilash samaradorligiga ta’sir qiladi. Bu omillarning to‘rt guruhi mavjud: 1. O‘zgaruvchi operatsion omillar. Ular burg‘ilash masalasining to‘rtta komponentiga ta’sir qiladi (burg‘ilash, shtanga, suyuqlik va zarb). Ularni ma’lum darajada boshqarish mumkin va yana ikkita turdagi ta’sirni o‘z ichiga oladi: a) parchalash quvvatiga zarba va chastota energiyasi aylanish tezligi, shtangni konstruksiyasi; b) suyuqlikning xossasi va oqimining tezligi. 2. Skvajinalar bo‘yicha omillar. Bunga teshikning o‘lchami, uzunligi va qiyaligi kiradi. Bular tashqi talablarga asosan o‘rnatiladi va mustaqil o‘zgartiruvchilar hisoblanadi. Kon yuzasida teshikning diametri qoidaga ko‘ra 6-18 dyuym (150-450mm); yer ostida ular 11-76 dyuym (40-175mm). 3. Jinsiga oid omillar. U ekologik hosila hisoblanib, mustaqil, jinsning xossasiga, geologik sharoitlarga, burg‘ilash ququqlarining stress holatiga bog‘liq. Ba’zida burg‘ulanuvchanlik faktorlari deb atalib, ular tog‘ jinsining burg‘ulash qatiiqligi va burg‘ulash jarayoning ishlatilish darajasini ko‘rsatadi. 4. Xizmat ko‘rsatish omillari. Ular ishchilarning mehnati, nazorati, ovqatlanishi, ish vaqti, ob – havo va boshqalarga bog‘liq. Ular ham mustaqil ko‘rinsa tashqi o‘zgaruvchi, burg‘ilash samaradorligiga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi. 7 Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling