Reja: I. Kirish. Nariy haqida ma’lumot. II. Asosiy qism


Download 141.79 Kb.
bet1/7
Sana03.12.2023
Hajmi141.79 Kb.
#1798830
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.Nariy haqida ma’lumot.


Reja:
I.Kirish.

  1. Nariy haqida ma’lumot.

II.Asosiy qism.

  1. Bariyning birikmalari

  2. Bariyning olinishi

  3. Bariyning fizik va kimyoviy xossalari

  4. Bariy nitrat tuzi, fizik va kimyoviy xossalari

  5. Bariy nitrat tuzining olinish usullari

III.Xulosa

  1. Bariy nitrat tuzining ahamiyati

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Bariyni XVIII asrda Sheele og’ir shpatning tarkibiy qismi sifatida kashf etgan. Metall holda dastlab suyuqlantirilgan Bariy xloridni elektroliz qilish yo’li bilan olingan (Devi). Bariy tabiatda, asosan, og’ir shpat BaSO4 xolida va kamroq miqdorda viterid BaCO3 n=mineral xolida uchraydi. Uning tabiiy izatoplari ichida eng barqarori 134Ba bo’lib, u bariyning 71,66% ini tashkil qiladi.


Sof bariy BaO dan alyuminotermiya yoki kremniytermiya usulida olinadi. Undan tashqari, bariy xloridning suvdagi eritmasini simob katod bilan elektroliz qilish natijasida ham bariy olinadi. Katodda hosil bo’ladigan bariy simobda erib amal’gama xolatida o’tadi. So’ngra bariy amal’gamadan ajratib olinadi. Bariy ham stronsiy kabi element bo’lganligi uchun kerosin ostida saqlanadi.
Barqaror izotoplarining massa sonlari 130, 132, 134, 135, 136, 137, 138. Bariyning yettita izotopi sun’iy yo’l bilan hosil qilingan. Elektron konfiguratsiyasi KLM 4s24p64d105s25p66s2 , Z=56.
Bariy (Baryum), Ba-Mendeleyev davriy sistemasida II guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 56, atom massasi 137,34, kumushrang oq metall. 7 ta barqaror izotop aralashmasidan iborat, ular orasida 138Ba ko’proq uchraydi. Bariyni shved kimyogari Bariy sheele VaO shaklida kashf etgan(1774) va bu oksidni ,,og’ir yer’’ yoki barit deb atagan (yun. Barus – og’ir so’zidan), metal Bariyni ingliz kimyogari Bariy Devi elektroliz yo’li bilan olgan(1808). Yer po’stida Bariy og’irlik jihatdan 0.05% ini tashkil etadi, tabiatda erkin holatda uchramaydi.
Kumushdek oq metal, bariyning suvda eriydigan tuzlari nihoyatda zaharli va yumshoq kumushsimon oq metall.
Minellari:
Bariyning keng tarqalgan minerallari – barit ( og’ir shpat) BaSO4 va viterid BaCO3. Bariy va uning birikmalari radiofaol va roentgen nurlaridan himoyalaydigan materiallarga qo’shiladi. Bariy titanat BaTiO2 - muhim segnetoelektriklardan biri.
Ishlatilinishi: Odatda, metal o’zoksidini alyuminiy bilan yiklab olinadi. Qotishmalari, masalan, qo’rg’oshin ( antifraksion va bosmaxona qotishmalari), alyuminiy, magniy bilan ( vacuum ustanovkalardagi gaz yutgichlar) ishlatiladi. Bariy nitrat BaNO3 - pirotexnikada, bariy xromat BaCrO4 (sariq) va manganat (ko’k) – bo’yoq ba boshqalarni tayyorlashda va po’lat qotishmalarini tayyorlashda ham keng ishlatiladi.

Download 141.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling