Reja: I. Kirish. Nariy haqida ma’lumot. II. Asosiy qism
Download 141.79 Kb.
|
1.Nariy haqida ma’lumot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bariy karbid
Bariy karbonat BaCO3 tabiatda viterit holida uchraydi. Suvda oz (180o C da 100g suvda 2 mg). HCl va HNO3 larda yaxshi eriydi. Emal tayyorlashda ishlatiladi. Texnikada BaCO3 ikki xil usulda olinadi:
1.BaSO4 ga yuqori temperaturada cho’g’lantirilgan ko’mir ta’sir ettirib, hosil bo’lgan BaS va CO2 ni suv ta’sirida kondensatlab hosil qilinadi: BaSO4 + C → BaS + CO2 BaS + H2O + CO2 → BaCO3 + H2S 2.Kukun holatdagi BaSO4 ga yuqori temperature va bosimda kaliy korbonat ta’sir ettirib, BaCO3 olinadi: BaSO4 + K2CO3 → K2SO4 + BaCO3 BaCO3 juda termik barqaror bo’lib,yuqori temperaturada parchalanadi: BaCO3 → BaO + CO2 ( 1400 oC ) Bariy karbonat karbonat kislota ta’sirida suvda oson eriydi: BaCO3 + H2CO3 → Ba(HCO3)2 Bariy karbid BaC2 xuddi kalsiy karbid kabi olinadi va u bilan izomorf kristallar hosil qiladi. Bariyning olinish usullari Texnologiyasi: Bariy tarkibli birikmalarni qayta ishlash natijasida maxsus texnologiya qo’llanilib, ya’ni suyuq oyna hokerak tog’ jinslaridan depressor sifatida ishlatilib, flotasiya orqali barnitli boyitma erkin holda ajratib olinadi. Viterit BaSO3 ning xloridli tuzlarini elektroliz qilish yo’li bilan bariy erkin ajratiladi. Toza bariy alyumotermiya usulida sof holda olinadi. 3BaO + 2Al → Al2O3 + 3Ba Faol bo’lgani uchun kerosin ostida saqlanadi. Olinishi: Bariy olishda asosiy xom-ashyo bu 80-95 % li barit konsentrati bo’lib, o’z navbatida, uni ham barit mineralini flotatsiyalash usuli bilan olinadi. Keyin esa bariy sulfatni koks yoki tabiiy gaz orqali tiklanadi. BaSO4 + 4C → BaS + 4CO BaSO4 + 2CH4 → BaS + 2C + 4H2O Keyin esa qizdirish orqali sulfidni bariy gidroksid Ba(OH)2 gacha gidrolizlanadi yoki CO2 ta’sirida erimaydigan bariy karbonati BaCO3 ga aylantiriladi. Keyin esa qizdirish yo’li bilan u bariy oksid- BaO ga aylantiriladi. Bunda Ba(OH)2 ni 800 oC gacha; BaCO3 ni esa 1000 oC gacha qizdirib talab etiladi. Metall bariyni erigan holdagi suvsiz bariy xloridni elektrolizlash usuli bilan olinadi. BaCl2 → Ba + Cl Bariyning fizik va kimyoviy xossalari Bariy kumush kabi oq, yumshoq, yaltiroq metal. Bariy metali yonlari markazlashgan kub xolida kristallanadi. Bariy aktiv metallmaslar bilan reaksiyaga juda yaxshi kirishadi. U havoda tezda oksidlanadi. Vodorod, azot, uglerod, kremniy kabi passiv matallmaslar bilan esa faqat qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Bariy qizdirilganida juda ko’p metallar bilan birikib, intermetall birikmalar hosil qiladi. Download 141.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling