Reja: I. Kirish. Nariy haqida ma’lumot. II. Asosiy qism


Download 141.79 Kb.
bet5/7
Sana03.12.2023
Hajmi141.79 Kb.
#1798830
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.Nariy haqida ma’lumot.

Fizik xossalari. Bariy – kumush rangli oq metal. Keskin zarba ta’sirida qizib ketadi. Bariyning ikki xil allotropik shakli mavjud. Birinchisi ἀ-Bariy deyiladi va 375 oC haroratgacha barqaror chiqaydi xolos. Bariyning ikkinchi allotropik shakli ẞ-Bariy esa, undan yuqori darajalarda ham barqaror bo’la oladi. Moos shkalasi bo’yicha qattiqlik ko’rsatkichi 1.25 ga teng.
Metall bariyni havoda darhol kislorod bilan kirishib ketadi. Buni oldini olish uchun uni parafin qatlami ostida saqlanadi.
Kimyoviy xossalari. Bariy- Ishqoriy yer metali. Havoda u tezkor oksidlanib, bariy oksidi – BaO hamda, bariy nitrid Ba3N2 dan iborat aralashma hosil qiladi. Sal qizdirilishi bilanoq tezkor alangalanib ketadi. Suv bilan juda shiddatli reaksiyaga kirishadi va bariy gidroksidi Ba(OH)2 hosil qiladi:
Ba + 2H2O → Ba(OH)2 + H2
Bariyning aksariyat tuzlari suvda yaxshi erimaydi yoki umuman erimaydi. Lekin kalsiy sulfid (CaS) dan farqli ravishda, bariy sulfid BaS suvda yaxshi eriydi. Bariyning suvda eriydigan tuzlari orqali, eritmada oltingugurt kislotasining mavjudligini aniqlash mumkin,
Bariy galogenlar bilan yaxshi reaksiyaga kirishadi va galogenidlar hosil qiladi.
Vodorod bilan qizdirilganda bariy gidrid BaH2 hosil qiladi va o’z navbatida u litiy gidrit LiH bilan qo’shilib, Li[BaH3] kompleksi yuzaga keltiradi.
Bariy orqali ko’plab metallarning oksidi, galogenidi va sulfididan, metallning o’zini tiklab olish mumkin.
Biologik ahamiyati: Bariyning biologik ahamiyati yaxshi o’rganilmagan. Bu element inson hayot faoliyati uchun muhim bo’lgan mikroelementlar tarkibiga kirmaydi. Bariyning suvda eriydigan barcha tuzlari juda yuqori toksik moddalar bo’lib, ichakda keskin o’zgarishlarni keltirib chiqaradi va atiga bir necha soat ichida o’limga olib kelishi mumkin.
Bariy tuzlari bilan o’tkir zaharlanishda odam tanasida juda ko’p so’lak kelishi, jig’ildon qaynashi va og’izga ichkaridan achchiq suyuqlik chiqib kelishi kabi alomatlar kuzatiladi. Qorin sohasida kuchli og’riq turadi. Qayt qilish, sanchiqlar, ich ketishi, qon bosimining ortishi, qaltiroq kabi yaqqol simtomlar biroz o’tib yuzaga chiqadi. Keyinchalik, bemor qo’l-oyoqlarini va hatto kallasini ham qimirlata olmay qolishi mumkin. Til ketib qolishi, nafas siqishi yuzaga keladi.
Bariy nitrat tuzi, fizik va kimyoviy xossalari

Download 141.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling