Reja: I. Kirish. Nariy haqida ma’lumot. II. Asosiy qism


Download 141.79 Kb.
bet3/7
Sana03.12.2023
Hajmi141.79 Kb.
#1798830
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.Nariy haqida ma’lumot.

Kimyoviy xossalari

Kovolent radiusi

189 pm

Ion radiusi

(+2) 134 pm

Elektromanfiyligi

0.89 (poling shkalasi bo’yicha)

Elektrod potensiali

-2,906 V

Oksidlanish darajasi

+2

Ionizatsiya energiyasi( birinchi electron)

502,5 kj/mol (5.21 eV)

Termodinamik xossalari

Zichligi (m.sh.)

3.5 g/mol

Erish harorati

728.85 oC, 1002 K

Qaynash harorati

1636.85 oC 1910 K

Erish issiqligi

7.66 kj/mol

Molyar issiqlik sig’imi

142 kj/mol

Molyar hajmi

39 mol/sm3

Issiqlik o’tkazuvchanligi

(300K) 18,4 Vt/(m*K)

Struktura panjara shakli

Kubik, hajmiy markazlashgan

Panjara parametrlari

5.020 A

Bug’lanish issiqligi

142 kj/mol



Qo’llanilishi: Metall bariyni alyuminiy bilan qotishma shaklida asosan vakuumli asboblarda, gaz yutuvchi getter sifatida ishlatiladi. Sirkoniy bilan birgalikda bariy metallurgiyada, antikorrozion qo’shimcha sifatida metallar tarkibiga qo’shiladi. Bariy titanati esa keramik kondensatorlar tayyorlashda dielektrik sifatida, hamda, pyezoelektrik asboblar uchun ishchi material sifatida qo’llaniladi. Bariy ftoridni optika sohasida, linza va prizmalar tayyorlashda ishlatiladi. Pirotexnik vositalarga mushakbozlikda yashil rang hosil qilish uchun, bariy peroksidi qo’shiladi. Shuningdek, suvda erimaslik xossasiga ko’ra va odam organizmiga zararsizligi tufayli, bariy sulfat tibbiyotda oshqozon-ichak traktini rentgenoskopik tasvirini olishda qo’llaniladi.
Izotoplari. Tabiatda bariyning 130Ba, 132Ba, 134Ba, 135Ba, 136Ba, 137Ba, 138Ba ko’rinishidagi yeti xil barqaror izotopi mavjud. Ular ichida 138Ba eng keng tarqalgan bo’lib, tabiatdagi umumiy bariy miqdorining 71,66% ulushini tashkil qiladi. Shuningdek, bariyning uran, toriy va plutoniyning radioaktiv parchalanishi natijasida paydo bo’ladigan radioaktiv izotoplari ham ma’lum. Radioaktiv bariy izotoplari ichida nisbatan barqarori 140Ba bo’lib, uning yarim yemirilish davri 12,7 sutkani tashkil qiladi.



Izatop

Atom massasi
(m.a.b.)

Yemirilish jarayoni

Yarim yemirilish davri

Yadroviy spini

130Ba

129,9063208

Qo’shaloq yemirilish

1.6(±1,1)*1021 yil

0+

132Ba

131,9050613

-

Barqaror

0+

134Ba

133,19045084

-

Barqaror

0+

135Ba

134,9056886

-

Barqaror

3/2+

136Ba

135,9045759

-

Barqaror

0+

137Ba

136,9058274

-

Barqaror

3/2+

138Ba

137,9052472

-

Barqaror

0+

140Ba

139,910605

-

12,752 kun

0+

141Ba

140,914411(9)

-

18,27 daqiqa

3/2-

142Ba

141,916453(7)

-

10,6 daqiqa

0+




Asosiy qism:

BARIYNING BIRIKMALARI


Bariy birikmalari – barit BaSO4 va viterit BaSO4 sanoat ahamiyatiga ega. Bariy BaO bilan alyuminiyni birga qizdirish yoki BaN ni parchalash yoki suyuqlangan VaS12 ni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Bariyning zichligi 3760 kg/m3, mineralogik shkala bo’yicha qattiqligi 1,25, Moos shkalasi bo’yicha 2, suyuqlanish temperaturasi 727o, qaynash temperaturasi 1637o. Bariy qo’rg’oshindan qattiqroq, ruxdan yumshoqroq. Bariy ishqoriy-yer metall, kimyoviy xossalari jihatdan kalsiy bilan stronsiyga o’xshaydi, lekin ularga nisbatan faolroq. Havoda tez oksidlanadi, qizdirilganda oson alangalanadi. Suvni shiddat bilan parchalab, bariy gidroksid hosil qiladi.
Ba + 2H2O = Ba(OH)2 + H2
Bariy oksid-BaO rangsiz kristall modda bo’lib, havoda bariy qizdirib, BaO2 olinadi, bu modda esa 700o da O2 ga ajraladi.Bariy kimyoviy juda faol bo’lganidan kerosin qatlami ostida saqlanadi. Galogenlar va oltingugurt bilan birikib, galogenidlar va sulfid – BaS, vadorod bilan birikib, gidrit – BaN2 hosil qiladi. BaN2 suv va kislotalar ta’sirida tez parchalanadi. Odatda ishlatiladigan Bariy tuzlaridan bariy xlorid va boshqa galogenidlar, bariy nitrat Ba(NO3)2, bariy sulfid BaS, bariy xlorat suvda yaxshi eriydi, bariy sulfat BaSO4, bariy korbonat BaCO3 va bariy xromat qiyin eriydi. Bariy ko’p qotishmalar tarkibiga kiradi. Ba- Ni qotishmasi radiolampalarda ishlatiladi, Ba- R qotishmasidan bosmaxona harflari tayyorlanadi. Ba’zi qotishmalar vakuumda gaz yutuvchi sifatida, yadro texnikasida u-nurlardan saqlovchi materiallar sifatida qo’llaniladi. Bariyning Ba(OH)2, BaS12, Ba(NO3)2 birikmalari kimyoviy lab.da, BaCl2 qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, BaSO4 xrustall shisha va oq bo’yoq ishlab chiqarishda, Ba(NO3)2 yashil olov chiqarishda ishlatiladi.
Bariy oksid kuchli asos xossasiga ega. U tosh tuzi kabi kristall tuzilishda bo’ladi. Bariy oksid ekzotermik modda ( ∆ H2 = -558,1 kj*mol-1). Uning suyuqlanish temperaturasi 1920oC ga teng. Bariy oksid bariy karbonat yoki briy nitratni qizdirish yo’li bilan hosil qilinadi.

Texnikada bariy oksid olish uchun ko’pincha karbonat ko’mir bilan birga qizdiriladi:
Ba2CO3 + C = BaO + 2CO
Bariy oksid oq kukun modda, u,asosan, bariy gidriksid va bariy peroksid olishda ishlatiladi. Bariy oksid havoda qizdirilsa, kislorod bilan birikib bariy peroksid BaO2 hosil qiladi :
2BaO + O2 = 3BaO2 + 159,1 kj*mol-1
Bariy peroksid bilan magniy kukunidan tayyorlangan aralashma termitni yondirishga yonilg’i sifatida ishlatiladi.
Bariy oksid suvi bilan aralashtirilsa bariy gidroksid Ba(OH)2 xosil bo’ladi. Bariy gidroksid ham huddi stronsiy gidroksid kabi qand sanoatida ishlatiladi.
Bariy gidroksid odatdagi sharoitda Ba(OH)2 * 8H2O holida kristallanadi. Bariy gidroksidning to’yingan eritmasi Barit suvi deb ataladi. U kuchli ishqor. Bariy sulfid litopon nomli oq bo’yoq olishda ishlatiladi:
BaS + ZnSO4 → BaSO4 + ZnS ( Litopon )

Litoponni xuddi qo’rg’oshin oq bo’yoq kabi olif moyga qorib ishlatiladi. Litopon vaqt o’tishi bilan qorayib ketmaydi, chunki u havodagi H2S bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Bariy tuzlari hosil qilish uchun homashyo sifatida bariy sulfat va bariy karbonatdan foydalaniladi.
Masalan, bariy xlorid olish uchun BaSO4 va CaCl2 ishtirokida ko’mir bilan qaytariladi:
BaSO4 + 4C + CaCl2 → BaCl2 + 4CO + CaS
Bariy xlorid BaCl2 * 2H2O suvda yaxshi (0o C da 100g suvda 59g) eriydi. Bariy bromid va bariy yodid ham suvda yaxshi eriydi (0o da 100g suvda 98g BaBr2 va 170g BaI2). Ular har ikki molekula suv bilan birga kristallanadi.
Lekin bariy ftorid suvsiz kristallanadi (BaF2 xolida). U suvda kam (10oC da 100g suvda 0,17g BaF2) eriydi.
Bariy sulfat suvda juda kam (20oda 100g suvda 0,2mg) eriydi. Shuning uchun bariyning bor-yo’qligi SO42- ionlari bilan va aksincha, sulfatlarning bor-yo’qligi Ba2+ ionlari bilan sinab ko’riladi.
BaSO4 havoda o’zgarmaydi. Shuning uchun oq bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi. U organik lok va bo’yoqlarga qo’shiladi, qog’oz tayyorlashda qo’llaniladi(qog’oz sirtini silliqlaydi). Bariy sulfat rentgennurlarini yutadi, shuning uchun oshqozon va ichaklarni roentgen nurlari bilan tekshirishda bemorga BaSO4 dan tayyorlangan bo’tqa ichiriladi.


Download 141.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling