Qotishmalari: Bariyning alyuminiy, mis, rubidiylar bilan vacuum texnikasi uchun qotishmasi olinadi.
Tabiatda tarqalganligi: Yer qobig’ida bariyning masssa ulushi 0.05 % ni tashkil etadi. Dengiz va okeanlar suvlarida esa, bariy miqdori 0.002 mg/l atrofida bo’ladi. Bariy anchayin faol bo’lib, ishqoriy yer metallari tarkibiga kiradi va minerallar tarkibidagi bariy mustahkam bog’langan bo’ladi. Tarkibida bariy tutuvchi minerallar bu – barit (BaSO4) va viterit (BaCO3) bo’ladi. Shuningdek, bariyning ,,bariyli dala shpati’’ deb nomlanuvchi ( bariy alyumosilikati), hamda, gialofon, nitrobarit nomli nodir minerallari mavjud. Mineral tarkibiga ko’ra, bariy rudalari ikki xil bo’ladi: monomineralli va kompleks rudalar. Kompleks rudalargda bariy, bariy sulfidli, bariy kalsitli, temir-bariyli, hamda, bariy-flyuoritli minerallar mavjud bo’ladi. Ularning tarkibida bariyga yondosh ravishda, mis va temir kolchedani, qo’rg’oshin, nikel, oltin va kumush sulfidlari, simob va kvars mavjud bo’ladi. Shu nuqtai nazardan ham, sanoat miqyosida olish uchun odatda kompleksli bariy rudalariga e’tibor qaratiladi. Monomineral bariy rudalarida esa, odatda bariy sulfidi yoki bariy bariy-flyuoriti ko’rinishida mavjud bo’ladi va bunday rudalar gidrotermal ko’rinishda bo’ladi.
Bariy haqida ma’lumotnoma jadvali
Umumiy ma’lumotlar
|
Nomi
|
Bariy
|
Formulasi
|
Ba
|
Raqami
|
56, VI-davr, II guruh
|
Atom xossalari
|
Atom massasi
|
137,327(7) m.a.b. (g/mol)
|
Elektron konfiguratsiyasi
|
[Xe] 6s2
|
Atom radiusi
|
222 pm
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |