Boshqaruvni integratsiyalash uni differensiatsiyalash singari quyidacha omillar guruhi tomonidan aniqlanadi: - Boshqaruvni integratsiyalash uni differensiatsiyalash singari quyidacha omillar guruhi tomonidan aniqlanadi:
- Umumiy boshqaruv faoliyati tizimida insonlarni birlashtiradigan menejmentning maqsadi va missiyasi.
- Jamoa maqsadi- faoliyatning eng muhim integratsion omili bo‘lib, bu faoliyat ikkiga bo’linadi. Maqsad -holatga, yakuniy natijalarga, pozitsiyaga erishishning umumiy istagi hisoblanadi.
- Menejment metodologiyasi va uni tashkil etish. Menejmentning asosiy xususiyatlaridan biri bolgan metodologiyasi bo’lib, u maqsadga erishish vositalari va usullariga muvofiqligini aks ettiradi. Boshqaruv faoliyatida har doim ta’sir qilish vositalari va usullarini tanlash, muhim omillarni, cheklovlarni, ustuvorliklarni hisobga olish, haqiqatni baholash imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Bularning barchasi menejment integratsiyasiga ta’sir qila olmaydi.
Menejment strategiyasi va taktikasi. - Menejment strategiyasi va taktikasi.
- Menejmentning asosiy funksiyalari strategiya va taktikaga bo’lgan ehtiyojni o‘z ichiga oladi. 0‘z missiyasiga ega bo’lgan tashkilot, samarali nazorat va muvaffaqiyatli motivatsiya bilan bog’liq bo’lgan ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish, o‘z navbatida, muhim integratsion omil bo’lgan menejment strategiyasi va taktikasining kombinatsiyasini tavsiflaydi.
- Rasmiy va norasmiy menejmentning kombinatsiyasi.
- Bu kombinatsiya ham menejmentning obyektiv xususiyatlaridan biridir. Rasmiy va norasmiy menejmentning muvaffaqiyatli, aniq, samarali kombinatsiyasi integratsionda katta salohiyatga ega.
- Menejmentni integratsiyalashning ushbu omillarini hisobga olish va baholash uning tavsiflarida o‘z ifodasini topadi.
- Samarali boshqaruv talablari va uning alohida funksiyalarini ixtisoslashtirish imkoniyatlari bo'yicha menejmentni differensiyalash darajasi.
- U menejment tizimining tavsiflari - struktura, darajalar, aloqalar soni, markazlashtirish (vakolatlarni taqsimlash) va boshqalar bilan ifodalanadi. Inson faoliyatini differensiyalash haqida gapirganda differensiyalashning ma’lum chegaralari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |