Reja: Kurilishning okimli usuli. Yer ishlari xajmini aniklash
Yer ishlari uchun mashinalar tanlash
Download 181 Kb.
|
avta yo`l qurish
Yer ishlari uchun mashinalar tanlash.
Mexanizatsiyalashgan bo‘lim guruxlarni tashkil etishda maxalliy sharoitga mos keladigan, mexanizatsiya vositalarini aniklash imkonini beradigan kuyidagi muloxazalarni inobatga olish zarur: Yerli asosni kurishda yo‘l chetidagi tuprok uyumlaridan foydalanib uning eng kam tannarxiga erishish; Ishchi nuktalar, tuprok uyumi yuzasidagi notekisliklarni kisman o‘zgartirishda iloji boricha greyder-elevatordan foydalanmaslik; Yengil va o‘zaro yengil boglangan balandligi 1,2 m bo‘lgan tuprok ishlarini buldozer bilan bajarish kimmati skreperlarga nisbatan kam bo‘ladi. Buldozerlar bilan tuprok ishlarini bajarishda uning siljitish masofasi 50 m.dan ortmasligi kerak; Ko‘p yuk ko‘taradigan shinali o‘zi yurar skreperlar yordamida tuprok ishlarini bajarish tannarxi xam kam sigimli skreperlar, shuningdek temir-zanjir gildirakli skreperlarga nisbatan kam bo‘ladi. Skreperlar yordamida tuproklarni 1,5 km.gacha bo‘lgan masofaga olib borish va yoyish ishlari avtomobil transportida tashishga nisbatan arzon bo‘ladi; Transport vositalarining turi va tuprokni yuklash usullaridan kat’iy nazar iktisodiy samaradorlik transport vositalarining yuk ko‘tarish kobiliyatlari va ularning tezligini oshirish bilan ko‘payadi; Traktor tirkamalari yordamida 1 km.gacha bo‘lgan masofaga tuprok tashish unumdorligi avtomobilga nisbatan 2-3 barobar yukori bo‘ladi. To‘gri kovishli ekskavatorlar kum va shagal uyumlari xavzasida, botkokli joylar va kishda tuprok kurilish ishlarida ko‘llaniladi. Cho‘mich xajmi 0,5-0,65 m3 bo‘lgan ekskovatorlar yordamida 9 m.gacha bo‘lgan balandlikda ish olib boriladi. Cho‘michining xajmi 0,4-1,25 m3 bo‘lgan ekskovatorlarning keltirilgan chikimlar grafigi. rasmdagi chizma chiziklarini solishtirish bilan kuyidagi xulosaga kelinadi: Xajmi 1500 m3 gacha bo‘lgan tuprok ishlarini cho‘michining xajmi 0,4 m3 bo‘lgan E-302A rusumli ekskovatori bilan bajarish maksadga muvofik bo‘ladi; Agar kurilish tashkilotida fakat E-652 A va E-10011 A ekskovatorlari mavjud bo‘lsa, xajmi 1100 m3 gacha bo‘lgan tuprok ishlarini bir ekskovator bilan bajarishda E-652 A ekskovator bilan bajarish maksadga muvofik bo‘ladi. Ish xajmi 1100 m3 dan ko‘p bo‘lganda esa E-10011 A ekskovatori ishlatiladi; E-652 A va E-1252 A rusumli ekskovatorlar mavjud bo‘lganda birinchi ekskovator uchun tuprok xajmi 2300 m3 bo‘ladi; E-10011 A va E1252 A rusumli ekskovatorlar uchun tuprok ishining chegara xajmi 8000 m3 ni tashkil etadi. Xajmi 8-15 m3 bo‘lgan skreperlar va cho‘michining xajmi 0,65 m3 bo‘lgan E-652A ekskovator bilan tuprokni 3 km.gacha bo‘lgan masofaga siljitish, aralashtirish uchun zarur bo‘lgan keltirilgan solishtirma chikim (1 m3 tuprok uchun so‘m xisobida). rasmdagi chizma chiziklarini solishtirish bilan kuyidagi xulosaga kelish mumkin: Cho‘michining xajmi 2,75 m3 bo‘lgan D-458 rusumli skreper yordamida tuprokni 0,15 km masofagacha tashish maksadga muvofik bo‘ladi. Undan ortik masofaga tashishda esa ekskovator va agdargich avtomobillaridan foydalaniladi; Agar tuprok tashish masofasi 0,6 km.gacha bo‘lsa E-302 A va E-652 A ekskovatorlar va agdargich avtomobillarga nisbatan D-374 B rusumli skreperlarni ishlatish arzonga tushadi; Tuproklarni 2 km.gacha bo‘lgan masofaga D-357 M o‘zi yurar skreper yordamida tashish E-302 A ekskovatori va agdargichli avtomobilga nisbatan, 3 km masofaga tashishda esa E-652 A ekskovatorga nisbatan iktisodli xisoblanadi; Cho‘michining xajmi 15 m3 bo‘lgan D-392 rusumli o‘zi yurar skreper va xajmdi 10 m3, 15 m3 bo‘lgan D-113 A, D-511 rusumli tirkama skreperlar kimmatligi, shinalariga sarf-xarajatning ko‘pligi sababli fakat kichik masofalarda ishlatishda samarali xisoblanadi. Download 181 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling