Reja: Kurilishning okimli usuli. Yer ishlari xajmini aniklash


Download 181 Kb.
bet7/11
Sana12.03.2023
Hajmi181 Kb.
#1261947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
avta yo`l qurish

Shakl berish ishlari Yerli asosga yo‘l kismining tayyor bo‘lishiga karab oxirgi shakl beriladi va kirgoklariga o‘tlar ekiladi. Kishda bu ishlar tuproklar erigandan keyin amalga oshiriladi. Shakl berish ishlarini bajarish davrida barcha kirish va chikish yo‘llari olib tashlanadi.
Yo‘l yokasidagi marzalarga koplama o‘rnatilgandan keyin mayda ashyolar sepiladi. Marzalarga tuprok tashish ishlari yon tomondan ashyo to‘kadigan agdargichli avtomobillar bilan bajariladi. Yo‘l yokasidan kirkib olingan tuprokni birdaniga marzalarga to‘kish ishlarini bajaradigan mashinalardan foydalanish samarali bo‘ladi.
Mustaxkamlash ishlari Yo‘l asosi kirgoklari ko‘p yillik o‘tlarni mexanizatsiya yordamida ekish bilan mustaxkamlanadi. Ular kam chikim bilan tezda mustaxkam o‘t koplamaga ega bo‘ladi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari asosan baxorda va kuzda amalga oshiriladi. Nam iklimli va yogingarchilik ko‘p bo‘lgan xamda yo‘l kirgoklari sun’iy yomgir bilan namlanadigan joylarda ko‘kalamlashtirish ishlari yozda xam amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘p yillik o‘tlarni suvli ekish ishlari avtomobil shassisiga o‘rnatilgan maxsus ekish moslamasi bilan amalga oshiriladi. Ishchi aralashma ko‘p yillik o‘t urugi, mineral o‘git, parda xosil kiluvchi ashyo va suvlardan iborat bo‘ladi.
Yo‘l kiyimlari kurilishini tashkil etish va mexanizatsiyalash.
Yo‘l kiyimlari kurilishi yerli asos ishlari tugallangandan keyin boshlanadi. Shuningdek sun’iy inshoatlar kurilishi xam yakunlanishi zarur. Yo‘l kiyimlari o‘zida ishlab chikarish korxonalarining bir tekisda joylanishi, texnika va transport vositalari, kurilish materiallari, yigma (konstruksiyalar) ashyolar, yarim fabrikat, ta’minot manba’larini aks ettirgan loyixa asosida kuriladi. Kurilishni tashkil etish loyixasi kunlar bo‘yicha reja yoki yo‘l ishlarini bajarish muddatlari ko‘rsatilgan kundalik chizikli jadvalni o‘z ichiga oladi.
Ishni tashkil etish loyixasini shu ishni tashkil etuvchi kurilish tashkiloti tuzadi. Unda kundalik chizikli ish jadvali, barcha turdagi inshoatlarning ish xajmi va tuzilishi to‘grisidagi axborot, texnologik karta, ishni tashkil etish tartibi va boshkalar ko‘rsatiladi.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling