Reja: To’lqin funktsiyasi


Download 279.78 Kb.
bet12/12
Sana22.12.2022
Hajmi279.78 Kb.
#1041135
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MAVZU ФЕЩЬ

hν<
(1) formulada hν – tormozlanish rentgen nurlanishi kvantlarining energiyasi, eU – tezlashtirilgan elektronlarning kinetik energiyasi, elektronlarning anodni qizdirishga sarflanadigan energiyasi har xil bo‘lganligi uchun hosil bo‘ladigan rentgen kvantlarining energiyasi ham har xil bo‘ladi, ya’ni har xil energiyali rentgen nurlari nurlanadi. Shuning uchun ham tormozlanish rentgen nurlanishi tutash spektrga ega bo‘ladi.
Tormozlanish rentgen nurlari tutash spektrida eng qisqa to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladigan rentgen nurlanishi kvantlari – maksimum energiyaga ega bo‘ladi. Tutash spektrning chegarasi ni topish uchun elektronning eU kinetik energiyasini rentgen kvantining maksimal energiyasi ga tenglashtirish kerak, ya’ni:
eU= (2)
formulada ekanligini hisobga olgan holda uchun quyidagi ifodani yozish mumkin:
=hc/eU (3)
(3) formulada

tutash spektrning eng qisqa chegaraviy to‘lqin uzunligi deyiladi. (3) formuladan ko‘rinadiki, tutash rentgen spektrining chegaraviy to‘lqin uzunligi faqat potensiallar ayirmasiga bog‘liq bo‘lib, anod materialiga bog‘liq emas.
Fotoelektrik yutilish yorug‘lik kvanti energiyasining atomning biror elektroniga berilishidan iborat. Bunday fotoeffekt hodisasida fotoelektron va ichki elektron qobig‘ida bo‘sh o‘rin hosil bo‘lgan atom vujudga keladi. Bo‘sh o‘rin yuqorigi elektron qobiqlardan o‘tgan elektron bilan to‘ldiriladi. Bunday o‘tishlarda ma’lum energiyaga ega bo‘lgan xarakteristik rentgen nurlanishi chiqadi yoki bu nurlanish energiyasi atomning tashqi qobiqdagi elektroniga beriladi. Energiya olgan tashqi elektron atomdan ajralib chiqadi. Bunday jarayon Oje effekti deyiladi. Atomdan ajralgan elektronlar esa Oje elektronlari deyiladi. Oje elektronlari fotoeffekt tufayli uyg‘ongan atomlarning sezilarli darajadagi energiyasini olib ketadi. Oje effekti, ayniqsa elektromagnit o‘tishlar man qilingan hollarda, masalan, O–O o‘tishlarda kuchli namoyon bo‘ladi.
Oje effektida oddiy ionlashgan atom o‘rniga ikki marta ionlashgan atom hosil bo‘ladi. K qobiqda bo‘sh qolgan o‘ringa L qobiqdan elektron o‘tishida hosil bo‘lgan rentgen nurlanishi kvantining energiyasi bo‘ladi. L qobiqdagi bo‘sh o‘ringa M qobiqdan elektron o‘tishi mumkin. U vaqtda hosil bo‘lgan rentgen nurlanishi kvantining energiyasi bo‘ladi.
Rasmda fotoeffekt natijasida K-qobiq elektroni yo‘qotilgan atomda rentgen kvantlari va Oje elektronlarining hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. a-rasmda elektronning L qobiqdan K qobiqdagi bo‘sh o‘ringa o‘tishida energiyasi bo‘lgan roentgen kvantining hosil bo‘lishi tasvirlangan.

Download 279.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling