Rejasi 11-Mavzu: «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil yarim oy jamiyatlari». 2-Mashg‘ulot
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
Download 172.5 Kb.
|
XGH мавзу № 11-2
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. Uning ta’sis etuvchi hujjatlari 1975 yilda Xelьsinkida imzolangan Yakunlovchi hujjat, 1990 yilda Parijda qabul qilingan Yangi Yevropa uchun Xartiya va unga qo‘shimcha hujjat, 1992 yilda Xelьsinkida qabul qilingan «O‘zgarishlar vaqti chaqirig‘i» Deklaratsiyasi bo‘lib, ular Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy faoliyat yo‘nalishlari va to‘zilishini belgilovchi hujjatlar hisoblanadi. Shunga muvofiq Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy faoliyati sohalari: xavfsizlik, qurolsizlanish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, iqtisodiyot, madaniyat, ekologiya, inson huquqlari, erkinliklari va boshqa masalalarda hamkorlik qilishdan iborat. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tinchlik va xavfsizlik masalalariga har tomonlama yondoshadi. Uning organlari va institutlari hamkorlik asosida tinchlikni mustahkamlash, qurolsizlanish ustidan nazorat olib borish, preventIV (ya’ni oldini oluvchi) diplomatiya, ishonch va tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlari, saylovlarda kuzatuvchilikni amalga oshirish, iqtisodiy va ekologik xavfsizlik kabi keng masalalar doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Venada har yili Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar delegatsiyalarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Har xaftada bir marta yig‘iluvchi Doimiy kengash siyosiy konsulьtatsiyalar o‘tkazuvchi va qarorlar qabul qiluvchi organdir. Venada, shuningdek, qurollanish ustidan nazorat o‘rnatish, o‘zaro ishonch va tinchlikni mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi xavfsizlik yo‘lida hamkorlik Forumi, (Evropada oddiy qurollar bo‘yicha shartnomaning bajarilishi bilan shug‘ullanuvchi) Qo‘shma konsulьtatsiyaviy guruh va Ochiq osmon bo‘yicha konsulьtatIV komissiyaning yig‘ilishlari o‘tkaziladi. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, shuningdek, oddiy qurollarni nazorat qilish va ishonchni mustahkamlash borasida tadbirlar qo‘llashga asos yaratadi. Bu sohada eng muvofiqlashtiruvchi kelishuv 1994 yildagi Vena hujjatidir. U davlatlar oldiga o‘z harbiy faoliyatlarining oshkoraligi va oldindan ko‘ra-biladigan bo‘lishi majburiyatini qo‘yadi. Mazkur tashkilot doirasida demokratik jamiyatda qurolli kuchlarning o‘rnini belgilovchi tamoyillar keltirilgan Faoliyat kodeksi qabul qilingan. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida bundan tashqari tortishuvlarni hal etishning bir qancha mexanizmlari ham ishlab chiqilgan. 1990 yil noyabrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti faoliyati doirasida qurollanishni nazorat qilish borasida muhim bitim – Yevropada oddiy qurolli kuchlar bo‘yicha shartnoma ishlab chiqildi. Kengash faoliyatining keyingi rIVojlanishi 1990-1999 yillar mobaynida o‘tkazilgan bir qator doimiy uchrashuvlar shakliga kirib bordi. Ularda yangi mexanizmlar ishlab chiqildi, tarkibiy bo‘linmalar tashkil etildi va sovuq urush tugaganidan keyingi davr Yevropasining muammolarini yechish tamoyillari ishlab chiqildi.1992 yil 30 yanvarida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bo‘yicha Pragada bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlarining majlisida O‘zbekiston Respublikasi ushbu xalqaro tashkilotga qabul qilindi. Shu yilning 26 fevralida Xelьsinkida (Finlyandiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston nomidan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Yakuniy hujjatini imzoladi. Download 172.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling