Rejasi 11-Mavzu: «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil yarim oy jamiyatlari». 2-Mashg‘ulot


Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi


Download 172.5 Kb.
bet8/11
Sana14.03.2023
Hajmi172.5 Kb.
#1267776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XGH мавзу № 11-2

Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi
Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasi 1919 yilda tashkil topgan bo‘lib, dastlab Liga nomi bilan, 1991 yildan e’tiboran Federatsiya nomi bilan ataladi. U milliy jamiyatlarni har tomonlama, shu jumladan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va ijtimoiy jihatdan eng kam ta’minlangan aholi tabaqalarining ahvolini yaxshilashga qaratilgan barcha turdagi faoliyatlarini amalga oshirishlarida ularga ko‘maklashadi. Federatsiya Milliy jamiyatlar o‘rtasidagi hamkorlikning rIVojlanishiga yordam beradi va yuz berishi mumkin bo‘lgan tabIy ofatlar, texnogen halokatlar sharoitiga tayyorlanish, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohalarida ularning imkoniyatlarini mustahkamlashga ko‘maklashadi. Sanitariya-epidemiologiya ahvolining keskinlashuvi natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda Harakatning faoliyatiga rahbarlik qiladi, tibbiy ofat qurbonlariga xalqaro yordam ko‘rsatish borasida Harakatning ishini muvofiqlashtiradi.
Federatsiyaning maqsadi – doimiy ravishda Milliy jamiyatlarning barcha turdagi gumanitar faoliyatlarini rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va yengillashtirish hamda ularga odamlar chekadigan azob uqubatlarning oldini olishda va yengillashtirishda har tomonlama yordam ko‘rsatish, shu yo‘l bilan butun jahonda tinchlikni asrash va mustahkamlash ishiga hissa qo‘shishdir.
Bu maqsadga erishish uchun Federatsiya quyidagi vazifalarni bajaradi:
milliy jamiyatlar uchun doimiy aloqa, muvofiqlashtirish va ta’lim organi sifatida ishlaydi va ular so‘ragan zarur yordamni beradi;
har bir mamlakatda mustaqil va tegishli tarzda tan olingan Milliy jamiyat to‘zishga va uni rIVojlantirishga yordam beradi;
ofat va halokatlardan jabr ko‘rgan barcha shaxslarga imkoniyat boricha yordam beradi;
milliy jamiyatlarga bo‘lishi ehtimol tutilgan ofatlarda yordam ko‘rsatish uchun tayyorlanishda, yordam bo‘yicha ularning faoliyatini tashkil etishda va bevosita yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazishda ko‘maklashadi;
Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro harakati tarkibiga kiruvchi qismlar tomonidan tabIy ofatlar va falokatlar vaqtida yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish tamoyillari va qoidalariga muvofiq ravishda xalqaro yordam tadbirlarini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi va boshqaradi;
milliy jamiyatlarning tegishli milliy hokimiyat idoralari bilan hamkorlikda aholining sog‘ligini saqlash va ijtimoiy ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan faoliyatda qatnashishlarini rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
bolalar va o‘smirlarni insoniylik ruhida tarbiyalash hamda hamma mamlakatlar yoshlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rIVojlantirish masalalari bo‘yicha Milliy jamiyatlar orasidagi fikr almashuvini rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
milliy jamiyatlarga o‘z saflariga yangi a’zolarni jalb etish va ularga Harakat tamoyil va g‘oyalarini singdirishda yordam beradi;
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi bilan to‘zilgan bitimlarga muvofiq ravishda qurolli mojarolardan jabr ko‘rgan shaxslarga yordam ko‘rsatadi;
xalqaro gumanitar huquqni rIVojlantirish va mustahkamlash ishida Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga yordam beradi hamda Milliy jamiyatlar orasida ushbu huquq va asosiy tamoyillar to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilishda u bilan hamkorlik qiladi.

Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling