Rejasi 11-Mavzu: «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil yarim oy jamiyatlari». 2-Mashg‘ulot
Download 172.5 Kb.
|
XGH мавзу № 11-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfsizlik Kengashi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ikkinchi jahon urushidan keyin suveren davlatlarning xohishi asosida jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash hamda davlatlar o‘rtasida tinch hamkorlikni rIVojlantirish maqsadida to‘zilgan. BMT o‘zining to‘zilishiga ko‘ra Bosh Assambleya (Yalpi majlis), Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash, Vasiylik kengashi, Xalqaro sudga ega. Bundan tashqari BMTning doimiy faoliyatini Kotibiyat olib boradi va uning ishini Bosh Assambleya saylab qo‘yadigan Bosh Kotib boshqarib boradi. Bosh Assambleya har yili jahon siyosatining dolzarb muammolarini muhokama qiladi va bu masalalar bo‘yicha BMTga a’zo bo‘lgan davlatlarga yoki Xavfsizlik kengashiga tavsiyalar beradi. Ammo Bosh Assambleya ishlab chiqqan tavsiyalar va qarorlar a’zo mamlakatlar uchun majburiy xarakterga ega emas. Lekin shunga qaramay davlatlarning asosiy ko‘pchiligi BMT Bosh Assambleyasi qarorlari va tavsiyalarini bajarishga harakat qiladilar va bundan manfaatdordir. BMT Nizomi San-Frantsiskoda o‘tkazilgan konferentsiyada imzolangan bo‘lib, 1945 yildan kuchga kirgan va bu hujjat barcha a’zo davlatlar rioya etishlari shart bo‘lgan yagona xalqaro hujjatdir. BMT Nizomida uning 6 ta asosiy organi ko‘rsatilgan. Ular quyidagilar: Bosh assambleya; Xavfsizlik Kengashi; Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS); Vasiylik bo‘yicha Kengash; Kotibiyat; Xalqaro Sud. Xavfsizlik Kengashi – BMTning eng muhim organi bo‘lib, 15 a’zodan iborat. Ushbu a’zolarning beshtasi (AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Frantsiya va Xitoy) doimiy, qolgan o‘ntasi nodoimiy bo‘lib, ular saylanadilar. Xavfsizlik Kengashining qoidalariga tegishli masalalar bo‘yicha qarorlar a’zolarning istalgan to‘qqiztasi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi. Qolgan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar Kengashning barcha doimiy a’zolari ovozlarini qo‘shib hisoblaganda to‘qqizta a’zo yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, doimiy a’zolardan bittasi yoki bir nechtasi biror-bir qarorga nisbatan qarshi ovoz bersa, bu qaror qabul qilinmaydi. Bunday holat veto qo‘yilishi deb ataladi. BMT Nizomiga ko‘ra Xavfsizlik Kengashi urushning oldini olish, davlatlarning tinch hamkorlik qilishlariga shart-sharoitlar yaratishda katta vakolatlarga ega. XX asrning ikkinchi yarmida Xavfsizlik Kengashi e’tibor qaratmagan davlatlar o‘rtasidagi birorta nizo yoki xalqaro tinchlikni xavf ostiga qo‘yuvchi birorta hodisa bo‘lgan emas. BMT Nizomiga muvofiq Xavfsizlik Kengashi ikki xil yuridik aktlarni qabul qilishi mumkin. Bo‘lar: u yoki bu davlatga o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish uchun tavsiya etiluvchi; bajarilishi barcha a’zo davlatlar tomonidan nazorat etiluvchi, bajarilishi shart bo‘lgan aktlardir.Xavfsizlik Kengashi tomonidan BMT Nizomiga muvofiq qabul qilingan barcha qarorlar me’yor o‘rnatuvchi mazmunida bo‘lishi mumkin. BMT tizimi Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning boshqa organ tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi yoki da’vo qilinishiga imkon qoldirmaydi. Bu qarorlar mukammal sanaladi va tekshirilishi mumkin emas. BMT Nizomiga muvofiq Xavfsizlik Kengashi doimiy faoliyat ko‘rsatishi va a’zo davlatlar nomidan tez va samarali ish ko‘rmog‘i lozim. SHu maqsadda Xavfsizlik Kengashining har bir a’zosi BMT qarorgohida doim o‘z vakiliga ega bo‘lishi kerak. Kotibiyat: BMT Kotibiyati Bosh kotib va tashkilotga lozim miqdordagi xodimlardan iborat. Ushbu organ BMTning boshqa organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning hayotga tadbiq etilishini ta’minlaydi va BMT asosiy va yordamchi organlariga konferentsiyalar o‘tkazish va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi. Kotibiyat: - Xavfsizlik Kengashi sanktsiyalaridan kelib chiquvchi, tinchlikni ta’minlovchi operatsiyalarni olib boradi; - tinchlik mazmunidagi xalqaro konferentsiyalarni tashkil etadi va o‘tkazadi (masalan, Dengiz huquqi bo‘yicha konferentsiya); - jahon miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yuzasidan obzorlar tayyorlaydi; - qurolsizlanish va inson huquqlarining rIVojlanishi kabi sohalar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish singari ishlarni bajaradi. Kotibiyatni besh yil muddatga saylanadigan Bosh Kotib boshqaradi. Bosh Kotib Assambleyaga tashkilotning faoliyati haqida har yili hisobot beradi va xalqaro tinchlikka tahdid soluvchi masalalar haqida Xavfsizlik Kengashida ma’lumot beradi.BMTning yana bir organi xalqaro Suddir. U 15 ta mustaqil sudьyadan iborat bo‘lib, ular fuqaroliklaridan qat’i nazar, o‘z mamlakatlarida oliy sud lavozimlariga tayinlanish uchun talab etilgan oliy axloqiy talablarga javob beruvchi va xalqaro huquq sohasida tanilgan yuristlar orasidan saylanadilar. Sudьyalar Bosh assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan qayta saylanish huquqi bilan to‘qqiz yilga saylanadilar. Xalqaro Sud 3 yil muddatga rais, raisning o‘rinbosari va kotibini saylaydi. Xalqaro Sud tarkibida ikkita ayni mamlakat fuqarolari bo‘lishlari mumkin. Xalqaro Sud Statutiga muvofiq a’zo davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi va yechimini beradi; a’zo bo‘lmagan davlatlar bo‘yicha Xavfsizlik Kengashi tomonidan har bir holat bo‘yicha alohida aniqlangan shartlar asosida ish ko‘radi, huquqiy masalalar bo‘yicha konsulьtatsiyaviy xulosalar beradi (Xalqaro Suddan konsulьtatsiyaviy xulosalarni bevosita so‘rash huquqiga Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi va BMTning boshqa organlari ega. Boshqa xalqaro tashkilotlar va organlar bunday xulosani Bosh Assambleyaning ruxsati bilan so‘rashlari mumkin).Xalqaro Sud Gaaga shahrida joylashgan.BMT Nizomida muhim siyosiy organ bo‘lgan Xavfsizlik Kengashi va Xalqaro Sudning vakolatlari keskin farq qiladi. BMT Nizomining 36-modda 3-bandiga ko‘ra Xavfsizlik Kengashi yuridik nizolarni hal etish uchun umumiy qoidagi muvofiq Xalqaro sud nizomidan kelib chiqqan holda nizodagi tomonlar Xalqaro sudga murojaat qilishlari kerakligini e’tirof etadi. Xalqaro Sudning qarori nizodagi davlatlar tomonidan bajarilishi shart. Tomonlardan biri bu qarorni bajarmagan taqdirda, nizodagi tomonlarning biri murojaat etganidan so‘ng Xavfsizlik Kengashi qaror bajarilishini ta’minlovchi tavsiyalar yoki xatti-harakatlar qo‘llashi mumkin.Xalqaro Sud sud faoliyatidan tashqari yuridik konsulьtatsiyaviy faoliyat ham olib boradi.Xalqaro Sud davlatlar o‘rtasida nizolarning tinch yo‘llar bilan hal etilishi va jahonda adolat o‘rnatilishiga qaratilgan strategiyaning ishlab chiqilishida asosiy organlardan biri bo‘lishi ko‘zda tutilgan.BMTning Bosh Assambleyasida 1948 yilda katta ahamiyatga molik xalqaro hujjat – «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi» qabul qilingan. Unda BMTga a’zo bo‘lgan barcha davlatlar tomonidan tan olingan insonning asosiy huquqlari va erkinliklari qayd etilgan. Unda o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, so‘z, vijdon, yashash, mehnat qilish, o‘z fikrini oshkora bayon qilish, yig‘ilish, namoyishlarga chiqish, siyosiy hayotda faol qatnashish va boshqa huquqlar belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bu qoidalarga barcha mamlakatlar og‘ishmay amal qilishlari ko‘rsatib o‘tilgan.Inson huquqlari to‘g‘risidagi bu qonun-qoidalarga davlatlar qanchalik demokratik tarzda amal qilsa, u shunchalik ijobiy samara beradi. Mamlakatlarda insonning ijodiy kuch-qudrati to‘la namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar qanchalik ko‘p yaratib berilsa, kishilarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy erkinliklari ham shunchalik ko‘p kafolatlanadi. Natijada bu mamlakatlar jahon tsIVilizatsiyasida, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘ladi va jahon siyosatining uuminsoniy qadriyatlar birligi va yaxlitligi sari borishiga salmoqli hissa qo‘shadi.O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgach 1992 yil 2 martdan a’zo bo‘lib kirdi. Download 172.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling