Rejasi 11-Mavzu: «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil yarim oy jamiyatlari». 2-Mashg‘ulot
Download 172.5 Kb.
|
XGH мавзу № 11-2
3-o‘quv savoli: Qizil Xoch va Qizil yarim oy milliy jamiyatlari.
So‘nggi yillarda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi 60 dan ortiq davlat, shu jumladan Shveytsariya bilan Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining mavqei haqida bitim tuzdi. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining 74 ta delegatsiyasi va missiyasi ishlamoqda, uning xodimlari soni esa qariyb 12 ming kishiga teng. Jeneva konventsiyalarining qatnashchilari bo‘lgan davlatlar, Qizil Xoch va Qizil Yarim oy Milliy jamiyatlari to‘laydigan badallar, turli xalqaro tashkilotlarning xayriya ajratmalari, jismoniy shaxslarning vasiyatnomalari bo‘yicha olingan pul va hadyalarning barchasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlardan tushadigan daromad Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining mablag‘larini tashkil etadi. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi har yili mablag‘larning qanday sarflanganligi haqida uning hisobiga ajratmalar qilgan homiylarga (donorlarga) yozma hisobot berib turadi. Jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida tinchlik davrida ham, urush davrida ham Qizil Xoch yoki Qizil Yarim Oy Milliy jamiyatlari faoliyat ko‘rsatadi. Milliy jamiyatlar faoliyatining aniq turlari haqidagi ma’lumotni viloyat kengashlarining idoralari va Markaziy kengashdan olish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Milliy Kengashi Toshkent shahri, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 30- uyda joylashgan. O‘zbekiston Qizil Yarim oy Milliy jamiyati 1925 yilda tashkil topgan. O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat, Toshkent shahar tashkilotlarini va «O‘zbekiston Temir yo‘llari» Davlat temir yo‘l kompaniyasi qoshidagi tashkilotni o‘z ichiga oladi. Shaharlar va tumanlarda O‘zbekiston Qizil Xoch Jamiyatining 220 ta qo‘mitasi tashkil etilgan. Bu qo‘mitalar korxonalar, xo‘jaliklar va o‘quv yurtlarida tashkil qilingan 10000 boshlang‘ich tashkilotni birlashtiradi. 5 yilda bir marta Qurultoy tomonidan saylanadigan Milliy Kengash Jamiyatning Oliy Ijroiya organi hisoblanadi. 1992 yil may oyida O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati to‘g‘risida»gi Farmoni chiqdi. 1995 yildan e’tiboran O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Xalqaro Federatsiyasining to‘la huquqli a’zosidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yilning 29 aprelida “Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qildi. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2004 yil 30 dekabrdagi buyrug‘i bilan vazirlik tizimida hayotga tadbiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov 1992 yilda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining faxriy raisi etib saylangan. Download 172.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling