Rejasi 11-Mavzu: «Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil yarim oy jamiyatlari». 2-Mashg‘ulot


Download 172.5 Kb.
bet11/11
Sana14.03.2023
Hajmi172.5 Kb.
#1267776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XGH мавзу № 11-2

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
Ushbu mintaqaviy tashkilot sobiq SSSR ayrim respublikalari tomonidan to‘zilgan edi. Uni ta’sis etuvchi hujjatlar 1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya va Ukraina tomonidan imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini to‘zish to‘g‘risidagi bitim, 1991 yil 21 dekabrda (Boltiq Bo‘yi respublikalari va Gro‘ziyadan tashqari) 11 sobiq Ittifoq respublikalari tomonidan Olma Otada imzolangan Bitimga Protokol va Olma Ota Deklaratsiyalari hisoblanadi. 1993 yil 22 yanvarda Minskda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari boshliqlari kengashida (Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston nomidan) mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi Ustavi qabul qilindi.
Hamdo‘stlikning maqsadlariga siyosiy, iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash va qurolsizlanishga yo‘naltirilgan hamkorlikni amalga oshirish, nizo va tortishuvlarni tinch yo‘l bilan hal etish va mudofaa masalalari kiradi.
Hamdo‘stlikning oliy organi davlatlar boshliqlarining Kengashi bo‘lib, u a’zo davlatlar umumiy manfaatlari doirasida davlatlar faoliyatini muhokama etish va qaror qabul qilish vakolatiga ega. Kengash yilda ikki marta yig‘iladi, a’zo davlatlardan birining tashabbusi bilan navbatdan tashqari yig‘ilishlar ham o‘tkazish mumkin.
Hamdo‘stlik davlatlari hukumat rahbarlarining Kengashi ijroiya organlarining umumiy manfatlar doirasida iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi masalalarni muvofiqlashtiradi. Kengash yilda to‘rt marta yig‘iladi, a’zo davlatlardan birining tashabbusi bilan navbatdan tashqari yig‘ilishlar ham o‘tkazilishi mumkin.
Har ikkala kengashning qarorlari o‘zaro rozilik (konsensus) asosida qabul qilinadi. Biron-bir davlatning muayyan sohaga qiziqish bildirmasligi qaror qabul qilishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Tashqi aloqalarni muvofiqlashtiruvchi organ – tashqi ishlar vazirlari kengashi; kollekttIV xavfsizlik va harbiy-siyosiy hamkorlik sohasida mudofaa vazirlari kengashi; birlashgan qurolli kuchlar oliy qo‘mondonligi; chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi to‘zilgan. Shuningdek, tarmoqlar bo‘yicha hamkorlikni muvofiqlashtirish nazarda tutilib, temir yo‘l transoprti kengashi, davlatlararo fazo kengashi, davlatlararo ekologik kengash ham mavjud.
Download 172.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling